Germaniya kutilmaganda Ekvadorga imkoniyatni boy berdi

26-iyun 2026 02:58 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichining hal qiluvchi 3-turida Ekvador va Germaniya terma jamoalari to‘qnash keldi. Uchrashuv 2:1 hisobida Ekvadorning bilan yakunlandi.

Uchrashuv kutilganidek juda shiddatli boshlandi. Hakamning ilk hushtagi yangrashi bilanoq, nemislar hujumga o‘tishdi. Natijada, uchrashuvning bor-yo‘g‘i 2-daqiqasidayoq hisob ochildi. Florian Virtsning ajoyib uzatmasidan so‘ng Leroy Sane raqib darvozasini aniq nishonga oldi va Germaniyani hisobda oldinga olib chiqdi.

Biroq, Ekvador futbolchilari bu tezkor golga xuddi shunday tezlikda javob qaytarishdi. Oradan atigi 7 daqiqa o‘tib Pedro Vitening uzatmasidan keyin Nilson Angulo muvozanatni tikladi – 1:1.

Uchrashuvning asosiy voqealari ikkinchi bo‘limda yuz berdi. Ikkala jamoada ham qator imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq 77-daqiqada Gonsalo Plata ajoyib zarbasi bilan Germaniya darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ma’lumot uchun, ushbu durang natija bilan Germaniya «E» guruhida 6 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi va jahon chempionatining pley-off bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Kursiv nashri Vinisiusning dubli Braziliyaga Shotlandiya ustidan g‘alaba keltirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek