O‘zbekiston uchinchi o‘yinda ham yutqazib Jahon chempionatini tark etdi

28-iyun 2026 06:32 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Shimoliy Amerika mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining «K» guruhining 3-turida O‘zbekiston va Kongo DR terma jamaolari kuch sinashdi.

Foto: FIFA.com

Bosh hakamning uchrashuv boshlangani haqidagi hushtagi chalinishi bilanoq vakillarimiz tezkor hujumga o‘tdi. 1-daqiqada jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni ikkinchi urinishda Eldor Shomurodov darvozaga joylab qo‘ydi. Ammo gol o‘yindan tashqari holat tufayli bekor qilindi.

Oradan 9 daqiqda o‘tib, aniqrog‘i 10-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi sardori baribir o‘z maqsadiga erishdi. Akmal Mazgavoy uzatgan to‘pni Eldor Shomurodov darvozaga «parashyut» uslubida joylab qo‘ydi.

Hisobda ortda qolayotgan afrikaliklar hujumni kuchaytirdi. O‘zbekiston himoyasi esa ishonchli harakat qilib, birinchi taymda darvozasi daxlisizligini saqlab qoldi. Ikkinchi bo‘limda Kongo hujumlarni yanada kuchaytirdi. 67-daqiqada esa tinimsiz hujumlar foydasini berdi.

Jarima maydoniga uzatilgan to‘pni qaytarishga uringan Abduqodir Husanov raqib oyog‘iga zarba berib yubordi va hakam penalti belgiladi. O‘nbir metrlik jarima zarbasidan Yoan Vissa unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi.

Bahsning 78-daqiqasida esa Mbaye gol kiritib Kongoni oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Vissa gol urib dublni rasmiylashtirdi.

Avvalroq Kursiv nashri Bellingem va Keynning gollari inglizlarga uchinchi turda g‘alaba keltirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek