Yangi BMW X5 to‘liq yangilangan dizayn va texnologiyalar — foto

29-iyun 2026 19:14 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Yangi BMW X5 to‘liq yangilangan dizayn va texnologiyalar / Foto: Cochespias/kero_wolf

BMW kompaniyasining yangi avlod X5 krossoveri rasmiy taqdimotidan bir kun oldin to‘liq ochiqlanib, yangi dizayni va ichki jihozlari surati e’lon qilindi.

Foto: Cochespias/kero_wolf

Taxmin qilinishicha, bu rasmiy taqdimotda ham foydalaniladigan tasvirlar bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchilar yangi modelning faralari va umumiy dizayni katta muhokamalarga sabab bo‘lishini qayd etmoqda.

Foto: Cochespias/kero_wolf
Foto: Cochespias/kero_wolf

Yangi BMW X5 «Neue Klasse» dizayn falsafasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u yaqinda taqdim etilgan BMW iX3 modeliga yaqin uslubda yaratilgan. Avtomobilga yangilangan radiator panjarasi, ingichka LED faralar hamda X shaklidagi kunduzgi yoritish elementlari o‘rnatilgan. Old bamper dizayni esa yangi BMW 5 Series modeliga o‘xshash ko‘rinishga ega.

Foto: Cochespias/kero_wolf

Ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiy suratlarda ko‘rsatilgan versiya ichki yonuv dvigatelli emas, balki to‘liq elektr iX5 varianti bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtomobil kuzovida g‘ildirak arkalari uchun yangi dizayn, noodatiy «qanotcha» shaklidagi eshik tutqichlari va yangilangan orqa fonarlar o‘rin olgan.

Foto: Cochespias/kero_wolf

Salon qismida Neue Klasse platformasiga xos umumiy arxitektura saqlangan bo‘lsa-da, birinchi marta old yo‘lovchi uchun alohida ekran qo‘shilgan. BMW shuningdek, iX5 60 xDrive versiyasining texnik jihatlarini ham ma’lum qilgan bo‘lib, u 578 ot kuchiga ega ikki elektromotor bilan jihozlanadi. Batareya sig‘imi Yevropa bozori uchun 141 kVt·soat, AQSh uchun esa 144 kVt/soatni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi avlod BMW X5 besh turdagi dvigatel bilan taqdim etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek