Xpeng kompaniyasi Xitoyda tuhmat bo‘yicha ikki sud ishida g‘alaba qozondi

1-iyul 2026 08:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xpeng kompaniyasi Xitoyda tuhmat bo‘yicha ikki sud ishida g‘alaba qozondi
Foto: Xpeng

Xitoyning Xpeng kompaniyasi o‘z obro‘sini himoya qilish doirasida tuhmat bilan bog‘liq ikki sud ishida g‘alaba qozondi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Xpeng Group yuridik departamenti xabariga ko‘ra, Guanchjou internet sudi 2026-yil mart oyida Lyu Xunbin va Chjan Lyan bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha birinchi instansiya qarorlarini chiqargan. Sud Lyu Xunbinga Toutiao, Sohu va NetEase platformalaridagi «Wo Shi Benbo Erba» nomli akkauntlari orqali ommaviy ravishda uzr so‘rash majburiyatini yuklagan.

Foto: Xpeng

Chjan Lyan esa Baijiahao platformasidagi «Longche Auto» akkaunti orqali Xpeng kompaniyasidan ommaviy uzr so‘rashi va kompaniyaga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi. Kompensatsiya miqdori hozircha oshkor qilinmagan.

Xpeng yuridik departamenti internet qonundan tashqari hudud emasligini ta’kidladi. Kompaniya bundan keyin ham o‘zining qonuniy huquqlari va manfaatlarini sud orqali himoya qilishda davom etishini bildirdi. Shu bilan birga, Xpeng uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlov uchun xaridorlar va ommaviy axborot vositalariga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xpeng Mona L03 avtomobili taqdimot oldidan namoyish qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek