Ilgiz Tantashev Paragvay — Fransiya o‘yinini boshqaradi

3-iyul 2026 12:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Ilgiz Tantashev Paragvay — Fransiya o‘yinini boshqaradi
Foto: Tribuna.uz

O‘zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 2026-yilgi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Paragvay — Fransiya uchrashuviga tayinlandi.

Bahsda Ilgiz Tantashevga qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. Shu tariqa o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi mundialning pley-off bosqichidagi muhim uchrashuvlardan birida ishlaydi.

Foto: O‘FA

Eslatib o‘tamiz, Paragvay — Fransiya uchrashuvi 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yin AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalar davriga to‘g‘ri kelayotgani bois stadionga mamlakatning yuqori martabali davlat amaldorlari ham tashrif buyurishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» o‘zbekistonlik hakamlar Jazoir va Avstriya o‘rtasidagi gollarga boy uchrashuvni boshqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek