Abbosbek Fayzullayev haqida siz bilmagan ma’lumotlar, kumush medal olgan Abdusattorov — kun yangiliklari

6-iyul 2026 22:25 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Abbosbek Fayzullayev haqida siz bilmagan ma’lumotlar, kumush medal olgan Abdusattorov — kun yangiliklari
Foto: Instagram / Fayzzullayev

Abbosbek Fayzullayev haqida siz bilmagan ma’lumotlar, kumush medal olgan Abdusattorov — kun yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

1991-yilgacha qurilgan barcha uylar buziladimi — qonun nima deydi

1991-yilgacha qurilgan barcha uylar buziladimi?
1991-yilgacha qurilgan barcha uylar buziladimi — qonun nima deydi / Foto: ChatGPT

1991-yilgacha qurilgan barcha uylar majburiy ravishda buzilishi haqidagi da’volar qanchalik rost? Adliya vazirligi ushbu savollarga qonun doirasida javob berdi.

Vazirlikka ko‘ra, bunday xabarlar amaldagi qonunchilikka mos kelmaydi. Qonunchilikda «1991-yilgacha qurilgan barcha uylar buziladi» degan umumiy qoida belgilanmagan. Renovatsiya ishlari faqat tegishli huquqiy asos va belgilangan tartib mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.

Muhammad Ali haqida suratga olingan serialning ilk tizeri chiqdi — video

Muhammad Ali haqida suratga olingan serialning ilk tizeri chiqdi
Foto: Prime Video

Prime Video afsonaviy bokschi Muhammad Ali hayoti haqida suratga olingan The Greatest (Buyuk) serialining ilk tizer-treylerini taqdim etdi. Bu haqda Afisha daily nashri xabar berdi.

Saudiyaga 100 nafar o‘zbekistonlik shifokor va hamshiralar ishga taklif qilindi

\Italiya O‘zbekistonlik shifokor va hamshiralarni ishga taklif qilmoqda
Foto: Credenza

Saudiya Arabistoni dastlabki bosqichda 100 nafar o‘zbekistonlik shifokor va hamshirani xususiy tibbiyot muassasalariga ishga qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu masala O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi vakillari hamda ushbu mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistonidagi xususiy shifoxona va tibbiyot markazlarida 4,5 ming nafar xorijiy tibbiyot xodimiga ehtiyoj mavjud. Shu bois ilk bosqichda O‘zbekistondan 100 nafar mutaxassisni ishga jalb etish taklif etildi.

Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Foto: Instagram

Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Neymar milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda Sport Express nashri xabar berdi.

34 yoshli hujumchi JCh—2026 nimchorak finalida Norvegiyaga qarshi o‘yinda penaltidan gol urdi. Bu Neymar uchun 2023-yildan buyon Braziliya safidagi ilk gol bo‘ldi. Biroq braziliyaliklar uchrashuvda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, mundialni tark etdi.

17 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi hududiy organlari davlat xaridlari sohasida 17 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi xaridlar bo‘yicha qonunbuzilish holatlarini aniqladi. Buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, hududiy organlar tomonidan davlat xaridlari bo‘yicha monitoring o‘tkazilgan va kelib tushgan murojaatlar o‘rganilgan.

Gaz, elektr va benzin narxi oshdi — iyun oyida nimalar o‘zgardi

Gaz, elektr va benzin narxi oshdi — iyun oyida nimalar o‘zgardi
Foto: Romon Fedotov

O‘zbekistonda 2026-yil iyun oyida gaz, elektr va benzin narxi oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yillik hisobda narxlar o‘sishi 6,4 foizni tashkil etdi. Ushbu oyda inflyatsiya 0,6 foizgacha tezlashgan.

Iyun oyida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari sezilarli qimmatlashdi. Guruch narxi 2,3 foizga oshdi, grechka va pasterizatsiya qilingan sut 1,2 foizga qimmatlashdi. Shakar, qo‘y go‘shti va mol go‘shti narxi 1 foizga, tuxum 0,8 foizga, yangi baliq esa 0,7 foizga oshgan.

Abbosbek Fayzullayev haqida qiziqarli 5 ta fakt

Abbosbek Fayzullayev haqida qiziqarli 5 ta fakt
Foto: Instagram/ Fayzullayev

Abbosbek Fayzullayev so‘nggi yillarda O‘zbekiston futbolining eng tez porlagan nomlaridan biriga aylandi. U qisqa vaqt ichida «Paxtakor» akademiyasi tarbiyalanuvchisidan milliy terma jamoaning muhim futbolchisigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Kursiv Uzbekistan futbolchi haqida qiziqarli ma’lumotlarni bitta materialga jamladi.

Nodirbek Abdusattorov Xorvatiyadagi turnirda kumush medal oldi

Nodirbek Abdusattorov Xorvatiyadagi turnirda kumush medal oldi
Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Xorvatiyada o‘tgan Super Rapid and Blitz Croatia turnirida ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga ko‘ra, u musobaqa yakunida $42,5 ming mukofotga ega bo‘ldi.

Turnir Zagreb shahrida o‘tkazildi

1–5-iyul kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida Grand Chess Tour 2026 musobaqasining uchinchi bosqichi Super Rapid and Blitz Croatia turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda dunyoning eng kuchli 10 nafar grossmeysteri ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov himoya qildi.

Shuningdek