Redmi Note 17 va Note 17 Pro smartfonlari qanday dizaynda taqdim etiladi

6-iyul 2026 21:33 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Redmi Note 17 va Note 17 Pro smartfonlari qanday dizaynda taqdim etiladi / Foto: Redmishop

Redmi Note 17 smartfonlari taqdimotidan oldin yangi modellarning dizayni va ayrim texnik xususiyatlari oshkor bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniya yangi avlodda kamera blokining dizaynini o‘zgartirgan. Agar Redmi Note 15 seriyasida kameralar korpusning yuqori markaziy qismida joylashgan bo‘lsa, Redmi Note 17 modellari kamera modulini chap yuqori burchakka ko‘chirgan. Asosiy Redmi Note 17 bitta, Redmi Note 17 Pro esa ikkita asosiy kamera moduliga ega bo‘ladi.

Displey va protsessor tafsilotlari

Insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, har ikkala model ham 6,83 dyuymli, 1,5K aniqlikdagi tekis OLED displey bilan jihozlanadi. Redmi Note 17 Snapdragon 6s Gen 4 protsessorida ishlashi va 67 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Foto: Gizmochina

Redmi Note 17 Pro modeli esa Snapdragon 6 Gen 5 chipseti hamda taxminan 9 000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lishi aytilmoqda.

200 megapikselli Pro Max

Xabarlarga ko‘ra, Redmi Note 17 va Redmi Note 17 Pro 50 megapikselli asosiy kamera, stereo dinamiklar, suvdan himoya hamda Android 16 asosidagi HyperOS 3.1 operatsion tizimi bilan taqdim etiladi.

Shuningdek, Redmi Note 17 Pro Max modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu smartfon MediaTek Dimensity 7500 protsessori, 10 100 mA/soat sig‘imli batareya va 200 megapikselli kamera bilan jihozlanadi.

Taqdimot qachon bo‘ladi

Kompaniya Redmi Note 17 smartfonlari seriyasi joriy oy oxirigacha Xitoyda rasman taqdim etilishini allaqachon e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Redmi K90 Ultra qanday texnik xususiyatlarga ega bo‘lishi haqida yozgan edik.

Shuningdek