Vivo X500 Pro Max qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

7-iyul 2026 10:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Vivo X500 Pro Max qanday imkoniyatlar bilan chiqadi
Foto: Vivo

Vivo‘ning yangi avlod flagman smartfoni – Vivo X500 Pro Max taqdimotga yana bir qadam yaqinlashdi. Bu haqda GSMArena nashri xabar bermoqda.

Qurilma Indoneziyaning TKDN regulyatori sertifikatidan o‘tdi. Smartfon V2610 model raqami ostida ro‘yxatdan o‘tgan, avvalroq ushbu raqam IMEI GSMA bazasida ham aynan Vivo X500 Pro Max bilan bog‘langan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Vivo X500 Pro Max 6,85 dyuymli yassi OLED-displey bilan jihozlanadi. Ekran 2K aniqlik va 144 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Foto: GSMArena

Smartfonning asosiy kameralari uchta moduldan iborat bo‘lishi aytilmoqda. Ular qatoriga LOFIC texnologiyasiga ega 50 megapikselli asosiy sensor, optik zumli 200 megapikselli periskop kamera hamda 50 megapikselli ultra keng burchakli modul kiradi.

Vivo X500 Pro Max kamida 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyator olishi mumkin. Qurilma MediaTek’ning yangi avlod flagman platformasi – Dimensity 9600 chipi asosida ishlashi kutilmoqda.

Vivo X500 liniyasining rasmiy taqdimoti Xitoyda sentabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin. Hozircha kompaniya smartfonning texnik xususiyatlari va sotuvga chiqish sanasini rasman tasdiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Vivo, Xiaomi va Huawei 7 dyuymli smartfonlar ustida ishlayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek