Leapmotor B03X elektromobili uchun buyurtmalar ochildi

7-iyul 2026 16:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Leapmotor B03X elektromobili uchun buyurtmalar ochildi
Foto: Leapmotor

Xitoyning Leapmotor kompaniyasi Yevropa bozorida yangi Leapmotor B03X elektr krossoveri uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar berdi.

Leapmotor B03X Yevropada 24,9 ming yevrodan taklif qilinmoqda. Kompaniya modelni zamonaviy texnologiyalar, amaliy funksiyalar va kundalik foydalanish qulayligini birlashtirgan shahar krossoveri sifatida taqdim etmoqda. Yangi avtomobil Leapmotor’ning xalqaro bozorlardagi ishtirokini kengaytirish strategiyasining muhim qismi hisoblanadi.

O‘lchamlar va dizayn

Elektromobilning uzunligi 4270 mm, kengligi 1810 mm, balandligi esa 1635 mmni tashkil qiladi. G‘ildirak bazasi 2605 mmga teng. Avtomobilning old qismida trapetsiya shaklidagi pastki havo kirish kanali va tumanga qarshi chiroqlar joylashgan hududlarda qo‘shimcha shamollatish teshiklari mavjud.

Foto: CarNewsChina

B03X Leapmotor’ning CTC 2.0 Plus, ya’ni batareya elementlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil shassisiga integratsiya qilish texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan. Model old qismga o‘rnatilgan, 145 kVt yoki 195 ot kuchiga ega elektr dvigatel bilan jihozlangan. Motorning maksimal aylanish momenti 200 Nmni tashkil etadi.

Elektromobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 8,6 soniyada chiqadi, maksimal tezligi esa 160 km/soat bilan cheklangan. Yevropa uchun mo‘ljallangan B03X Xitoy bozoridagi A10 modeliga nisbatan sezilarli darajada kuchliroq. Xitoyda avtomobil 70 kVt yoki 90 kVt quvvatli elektr motorlari bilan sotiladi. Ularning quvvati mos ravishda 94 va 121 ot kuchiga, maksimal aylanish momenti esa 150 Nmga teng.

Texnik imkoniyatlar

Yevropalik xaridorlarga litiy-temir-fosfat turidagi ikkita batareya varianti taklif etiladi. 39,8 kVt/soat sig‘imli batareya WLTP sikli bo‘yicha 292 kmgacha masofa bosib o‘tish imkonini beradi. 53 kVt/soatli kattaroq batareya bilan esa yurish zaxirasi 382 kmgacha yetadi.

Har ikkala batareya 2,5C quvvatli tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada batareyani 30 foizdan 80 foizgacha taxminan 16 daqiqada quvvatlash mumkin.

Leapmotor A10 Xitoyda mart oyining oxirida sotuvga chiqarilgan edi. Model mahalliy bozorda Geely Xingyuan’ning asosiy raqiblaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Leapmotor C10, C11 va C16 modellari yangilangani haqida yozgan edi.

Shuningdek