Abbosbek Fayzullayevning to‘yi muxlislar tomonidan qanday qarshi olindi

8-iyul 2026 16:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Abbosbek Fayzullayevning to‘yi muxlislar tomonidan qanday qarshi olindi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoq Abbosbek Fayzullayevning to‘yi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. «Kursiv» muxlislar izohlarini bitta maqolaga jamladi.

Izohlarning katta qismida futbolchiga oilaviy baxt, mustahkam turmush va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilangan. Foydalanuvchilardan biri: «Abbosbek Fayzullayev, baxtli bo‘linglar», deb yozgan bo‘lsa, yana bir muxlis «Baxt taxt tilab qolamiz», deya yangi oilaga ezgu tilaklarini bildirgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

«Baxtli-saodatli bo‘lishsin», «To‘ylar muborak», «Baxtli bo‘ling, Abbos» kabi izohlar ham ko‘p uchradi. Ayrim muxlislar futbolchining kamtarligiga e’tibor qaratib, marosim kutilganidan soddaroq o‘tgani haqida yozgan.

«Kim kamtar to‘y deyotgandi», — degan izoh esa boshqa foydalanuvchilarning muhokamasiga sabab bo‘lgan.

Instagram
Manba: Instagram
Manba: Instagram

Ba’zi obunachilar to‘yda taniqli insonlar xizmat ko‘rsatganiga havas bilan qaragan.

«Meni o‘g‘limning to‘yida ham shunday insonlar xizmatda bo‘lsin, havas qildim», — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Yana bir izohda: «O‘g‘limning to‘yida ham shunday mashhur insonlar mehmon bo‘lishini xohlayman», deyiladi.

Manba: Instagram

Umuman, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Fayzullayevning hayotidagi muhim voqeani iliq kutib oldi. Izohlarda futbolchining sportdagi yutuqlari bilan birga, uning oilaviy hayotida ham baxtli bo‘lishiga tilaklar ustunlik qilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri Murodjon Ahmadaliyev Abbosbek Fayzullayev to‘yidan rasm joylagani haqida yozgan edi.

Shuningdek