Nursulton Ro‘ziboyev Qodirov sovg‘a qilgan avtomobilni qabul qilib oldi

9-iyul 2026 10:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Nursulton Ro‘ziboyev Qodirov sovg‘a qilgan avtomobilni qabul qilib oldi
Foto: Instagram / Nursulton Ro‘ziboyev

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga tegishli «Axmat» klubi tomonidan sovg‘a qilingan Roewe M7 DMH avtomobilini qabul qilib oldi. Sportchi bu haqda Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Ro‘ziboyev 2015-yildan buyon «Axmat» klubi sharafini himoya qilib keladi. U 27-iyun kuni Bokuda o‘tkazilgan UFC Fight Night 280 turnirida rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi jang qilgan edi.

Foto: Instagram / Ro‘ziboyev
Foto: Instagram / Nursulton Ro‘ziboyev
Foto: Nursulton Ro‘ziboyev

O‘zbekistonlik jangchi bellashuvni birinchi raunddayoq yakunlab, raqibini sabmishen usulida muddatidan oldin mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng klub Ro‘ziboyevni Roewe M7 DMH rusumidagi avtomobil bilan taqdirladi.

Jangchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan suratlarda uning yangi avtomobilni qabul qilib olgani aks etgan. Roewe M7 DMH Xitoyda ishlab chiqariladigan gibrid sedan hisoblanadi.

Foto: Nursulton Ro‘ziboyev

Sportchi haqida

Ro‘ziboyev 1993-yil 19-noyabrda Andijon viloyatining Shahrixon shahrida tug‘ilgan. Bo‘yi 196 sm, qo‘l uzunligi 193 sm bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchi o‘rta va yarim o‘rta vazn toifalarida jang qiladi. U aralash yakkakurashlar bilan birga boks bilan ham shug‘ullanadi hamda braziliyalik jiu-jitsu bo‘yicha binafsha belbog‘ sohibi hisoblanadi.

Ro‘ziboyev sport bilan 11 yoshidan shug‘ullana boshlagan. U 2004 – 2012-yillarda karate bilan mashg‘ul bo‘lgan, keyinchalik qo‘l jangi va MMAga o‘tgan. Professional faoliyatini 2014-yilda boshlagan va ilk jangini ALASH PRIDE turnirida o‘tkazib, Shamil Rafikov ustidan g‘alaba qozongan.

Foto: Nursulton Ro‘ziboyev

Faoliyati davomida u ACA, Fight Nights Global, Gorilla Fighting Championship, Open FC va WEF Global kabi tashkilotlarda jang qilgan. Ro‘ziboyev WEF Global hamda Open Fighting Championship’ning sobiq o‘rta vazn chempioni sanaladi.

U 2023-yilda UFC bilan shartnoma imzolagan va 1-iyul kuni Brunno Ferreyraga qarshi debyut jangida birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongan. Ushbu natija unga «Kechadagi eng yaxshi chiqish» mukofotini olib kelgan.

Avvalroq «Kursiv» Murodjon Ahmadaliyev Abbosbek Fayzullayev to‘yidan rasm joylagani haqida yozgan edi.

Shuningdek