Peruda 500 dan ortiq chaqaloqqa Holand ismi berildi

14-iyul 2026 10:36 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Foto: Mark Cosgrove/News Images

Peruda 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati vaqtida 500 dan ortiq yangi tug‘ilgan chaqaloqqa norvegiyalik futbolchi Erling Holand sharafiga ism qo‘yildi. Bunga futbolchining turnirdagi yorqin o‘yinlari va Norvegiya terma jamoasining chorak finalga chiqishi sabab bo‘lgan. Bu haqda Actu nashri xabar berdi.

468 chaqaloqqa Holand ismi berildi

Peru fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 468 nafar chaqaloqqa Holand, yana 91 nafariga esa Erling Haaland ismi qo‘yilgan.

Ularning aksariyati Jahon chempionati boshlanganidan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Norvegiya terma jamoasi chorak finalga chiqqach, bu ismni tanlagan ota-onalar soni keskin oshgan.

Holand turnirda yettita gol urdi

25 yoshli Erling Holand «Manchester Siti» klubida to‘p tepadi. 2026-yilgi Jahon chempionati uning faoliyatidagi ilk mundial bo‘ldi.

U turnirdagi dastlabki to‘rtta o‘yinda yettita gol urib, eng yaxshi to‘purarlar qatoridan joy oldi. Shuningdek, Holand Norvegiyaning Braziliya ustidan tarixiy g‘alabasiga ham katta hissa qo‘shdi.

Futbolchilar nomi Peruda mashhur

Peruda mashhur futbolchilar sharafiga farzandlarga ism qo‘yish holatlari avval ham kuzatilgan.

Mamlakatda 3,4 ming kishi Messi, 1,2 ming kishi Krishtianu Ronaldu, 1,2 ming kishi Yamal va 33,8 ming kishi Neymar nomi bilan ro‘yxatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi zelandiyalik erkak eng uzun ism egasi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kirgandi. Uning rasmiy ismi 2 253 ta soʻzdan iborat boʻlib, uni toʻliq aytish uchun 10 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladi.

Shuningdek