Ilk elektromobil xaridoriga 3,5 ming dollar beriladi

15-iyul 2026 08:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Ilk elektromobil xaridoriga 3,5 ming dollar beriladi
Manba: BYD

Kaliforniya hukumati ilk elektromobil xaridoriga $3,5 ming miqdorida chegirma beradigan yangi dasturni ishga tushiradi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

Shtat gubernatori Gevin Nyusom MyFirstEV dasturini tashkil etishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Imtiyoz 2026-yil yozining oxirlarida amal qila boshlashi kutilmoqda.

Imtiyoz qanday belgilanadi

Foto: GMAutority

Dastur doirasida tavsiya etilgan chakana narxi $50 mingdan oshmaydigan yangi elektromobillar uchun $3,5 ming chegirma taqdim etiladi. Narxi $25 minggacha bo‘lgan ishlatilgan elektromobillar xaridorlari esa $1,75 ming olishlari mumkin. Mablag‘ soliq deklaratsiyasi orqali keyinchalik emas, avtomobil sotib olinayotgan vaqtda uning narxidan darhol chegiriladi.

Imtiyoz Kaliforniyada yashovchi va nol chiqindili transport vositasini ilk bor sotib olayotgan shaxslarga mo‘ljallangan. Xaridorning daromadiga alohida cheklov qo‘yilmagan, biroq avtomobil narxi va uning dastur talablariga mos kelishi hisobga olinadi.

Kaliforniya dastur uchun budjetdan $135,5 mln ajratadi. Unda ishtirok etadigan avtomobil ishlab chiqaruvchilar ham shuncha miqdorda mablag‘ qo‘shishi kerak. Natijada xaridorlarga beriladigan chegirmalarning umumiy hajmi $270 mln ga yetadi. Dastur shtatning nol chiqindili transportni rivojlantirishga qaratilgan $600 mlnlik investitsiya paketining bir qismi hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» Chevrolet elektromobili uchun chegirma e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek