Xiaomi ayrim smartfonlar uchun Android 17 yangilanishini chiqardi

15-iyul 2026 13:53 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Xiaomi ayrim smartfonlar uchun Android 17 yangilanishini chiqardi
Foto: Gizmochina

Xiaomi kompaniyasi Android 17 asosidagi HyperOS 3.3 operatsion tizimini ayrim smartfonlar uchun tarqata boshladi. Gizmochinaga ko‘ra, yangilanish Xiaomi 17, Xiaomi 17 Ultra va Xiaomi 15T Pro modellari uchun taqdim etilmoqda.

Yangilanish hajmi 9,5 GB gacha yetadi

HyperOS 3.3 ko‘plab yangi funksiyalarni olib kelmaydi. Asosiy e’tibor tizim barqarorligini oshirish va xavfsizlikni yaxshilashga qaratilgan.

Shunga qaramay, yangilanish fayli hajmi 9,5 GB gacha yetadi. Bunga paket tarkibiga yangi Android 17 operatsion tizimi kiritilgani sabab bo‘lgan.

Xiaomi 17 seriyasiga ochiq tarqatilmoqda

Xiaomi 17 va Xiaomi 17 Ultra uchun HyperOS 3.3 global hamda Yevropa hududlarida ommaviy tarzda tarqatilmoqda.

Xiaomi 15T Pro esa hozircha global versiyada Mi Pilot sinov dasturi orqali yangilanishni olmoqda. Shu sababli dastlab yangilanish faqat cheklangan sonli foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi.

Iyun xavfsizlik yangilanishi ham qo‘shilgan

HyperOS 3.3 tarkibiga 2026-yil iyun oyi uchun xavfsizlik yamog‘i ham kiritilgan.

Mazkur versiya yil oxirida chiqishi kutilayotgan HyperOS 4 uchun texnik asos vazifasini bajaradi.

Yangilanish bosqichma-bosqich yetib boradi

Xiaomi odatda dasturiy yangilanishlarni hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich tarqatadi.

Shu sababli HyperOS 3.3 ayrim mamlakatlar va qurilmalarga bir necha kun kechroq yetib borishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi endi qaysi modellar yangilanish olmasligini e’lon qilgandi. Yangilanish olmaydigan qurilmalar qatoriga Xiaomi, Redmi va Poco lineykalaridagi modellardan bir nechtasi kiritilgan.

Shuningdek