Fan

Insonni 10 soniyada kiyintirib qo‘yadigan robot yaratildi

17-iyul 2026 18:39 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Insonni 10 soniyada kiyintirib qo‘yadigan robot yaratildi / Foto: Reuters

Janubiy Koreya va AQSh olimlari inson qo‘llari yoki boshqa birovning yordamisiz himoya kiyimini avtomatik ravishda kiyishga imkon beruvchi yangi robotni taqdim etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Mazkur texnologiya Janubiy Koreyaning KAIST universiteti va AQShdagi Stenford universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim kiyim ichiga o‘rnatilgan, havo bosimi yordamida harakatlanadigan yumshoq va egiluvchan «liana»larga asoslangan.

Foto: Reuters

Havo bosimi ta’sirida ushbu moslamalar matoni odam tanasiga pechak singari yopishtirib boradi. Shu tufayli foydalanuvchi qimirlab turgan bo‘lsa ham, himoya kiyimi avtomatik ravishda kiyiladi.

Loyiha muallifi, KAIST ilmiy xodimi Kim Nam Gyunning aytishicha, to‘liq himoya kiyimini kiyish uchun taxminan 10 soniya kifoya qiladi.

Foto: Reuters

Texnologiya boshqaruvi murakkab emas

Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, ushbu ishlanmaning asosiy afzalligi foydalanuvchining qimirlamay turishini talab qilmasligi va murakkab boshqaruv algoritmlariga ehtiyoj sezmasligidir.

KAIST professori Ryu Ji Xvanning so‘zlariga ko‘ra, texnologiya pechak o‘simligidan ilhomlangan. Robot tor bo‘shliqlardan o‘ta oladi, atrof-muhit shakliga moslashadi hamda sirpanchiq, yopishqoq yoki qiya yuzalarda ham harakatlana oladi.

Foto: Reuters

Robot qachon va qayerda qo‘llaniladi

Tadqiqotchilar ushbu texnologiyadan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam berishda foydalanish mumkinligini qayd etdi.

Shuningdek, u yarimo‘tkazgich ishlab chiqariladigan toza xonalar hamda favqulodda vaziyatlar xizmatlarida himoya kiyimini qo‘llardan foydalanmasdan tez kiyish va yechish zarur bo‘lgan holatlarda ham qo‘l kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda his-tuyg‘u bildiradigan robotlar sotuvga chiqqan edi.

Shuningdek