Tasdiqlandi: Samsung Galaxy S26 Edge modelidan voz kechdi

21-iyul 2026 17:25 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Tasdiqlandi: Samsung Galaxy S26 Edge modelidan voz kechdi
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Galaxy S26 turkumida o‘ta yupqa Samsung Galaxy S26 Edge modelini chiqarish rejasidan voz kechdi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Uning o‘rniga an’anaviy Galaxy S26 Plus modeli taqdim etiladi. Bunga Galaxy S25 Edge smartfonining kutilganidan past savdo natijalari sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Avvalroq Samsung Galaxy S26 turkumini to‘rtta model – standart Galaxy S26, Galaxy S26 Plus, Galaxy S26 Edge va Galaxy S26 Ultra’dan iborat shaklda ishlab chiqishni boshlagan edi. Biroq kompaniya Galaxy S25 Edge savdolarini tahlil qilgach, keyingi avlod Edge modelini asosiy turkum tarkibiga kiritmaslikka qaror qilgan.

Samsung bir necha yildan beri amal qilib kelayotgan uchta flagman modeli chiqarish an’anasini davom ettiradi. Yangi turkum Galaxy S26, Galaxy S26 Plus va Galaxy S26 Ultra’dan iborat bo‘ladi.

Galaxy S26 Samsung‘ning ilk ikki nanometrli Exynos 2600 protsessori bilan jihozlanishi kutilmoqda. Galaxy S26 Ultra’da esa Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipining yuqori chastotada ishlaydigan maxsus versiyasi qo‘llanilishi mumkin. Galaxy S26 Plyus’ning qaysi protsessor asosida ishlashi haqida hozircha ishonchli ma’lumot yo‘q.

Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni haqida yozgan edi.

Shuningdek