
Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy A57 va Galaxy A27 smartfonlari uchun 2026-yil iyul oyiga mo‘ljallangan xavfsizlik yangilanishini tarqata boshladi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
Yangi dasturiy paket qurilmalarga qo‘shimcha funksiyalar olib kelmaydi, biroq One UI va Android’ning avvalgi versiyalarida aniqlangan 57 ta zaiflikni bartaraf etadi. Ularning ayrimlari o‘ta xavfli deb baholangan.
Nima qilish kerak

Galaxy A57’ning xalqaro versiyasi uchun yangilanish bir qator bozorlarda allaqachon tarqatilmoqda. Paket hajmi qariyb 384 MB bo‘lib, proshivka A576BXXS4AZG7 raqamini olgan.
Galaxy A27 uchun yangilanish hozircha Janubiy Koreyada A276KKSS2AZG1 proshivka raqami bilan mavjud. Samsung yaqin kunlarda xavfsizlik paketini boshqa mamlakatlarda ham tarqatishi kutilmoqda.
Har ikki smartfon kelajakda Android 17 asosidagi One UI 9.0 interfeysini oladigan qurilmalar ro‘yxatiga kiritilgan. Biroq mazkur yirik yangilanishning Galaxy A57 va Galaxy A27 uchun qachon chiqarilishi hozircha ma’lum qilinmagan.
Avvalroq «Kursiv» Samsung Gemini sun’iy intellektli aqlli ko‘zoynakni taqdim etgani haqida yozgan edi.