Samsung Galaxy S27 Ultra qanday batareyada chiqadi

28-iyul 2026 10:18 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S27 Ultra qanday batareyada chiqadi
Foto: Depositphotos

Samsung kompaniyasining kelgusi Samsung Galaxy S27 Ultra modeliga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Galaxyclub xabar bermoqda.

Galaxy S27 Pro‘da nominal sig‘imi 5087 mA/soat bo‘lgan batareyadan foydalanilishi aytilmoqda. Samsung qurilmani taqdim etish vaqtida uning odatiy sig‘imini 5200 mA/soat sifatida ko‘rsatishi mumkin. Model ixcham o‘lchamda ishlab chiqarilishi hisobga olinsa, bu Galaxy S turkumidagi kompakt smartfonlar uchun sezilarli o‘sish bo‘ladi.

Galaxy S27 Ultra esa nominal sig‘imi 5534 mA/soat bo‘lgan akkumulyator olishi kutilmoqda. Uning odatiy sig‘imi 5700 mA/soat, ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra esa 5800 mA/soatgacha yetishi mumkin.

Taqqoslash uchun, Galaxy S26 Ultra 5000 mA/soatli batareya bilan jihozlangan. Shunday qilib, yangi Ultra modelida akkumulyator sig‘imi kamida 14% ga oshishi mumkin. Bu smartfonning bir quvvatlanishda uzoqroq ishlashiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Sig‘im nega oshirilmoqda

Batareya sig‘imining oshishi Samsung kremniy-uglerodli anodlardan foydalanishga o‘tishi mumkinligini ham ko‘rsatmoqda. Ushbu texnologiya qurilma korpusini sezilarli qalinlashtirmasdan, akkumulyatorning energiya zichligini ko‘paytirish imkonini beradi. Biroq Samsung yangi batareya texnologiyasi qo‘llanishini hozircha rasman tasdiqlamagan.

Galaxy S27 seriyasining rasmiy taqdimotigacha taxminan olti oy vaqt bor. Shu sababli smartfonlarning yakuniy batareya sig‘imi va boshqa texnik xususiyatlari taqdimotgacha o‘zgarishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy S25 smartfonining narxi pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek