Poco M8 Power smartfoni qanday narxda sotuvga chiqadi

3-avgust 2026 12:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Poco M8 Power smartfoni qanday narxda sotuvga chiqadi
Foto: Anvin

Poco kompaniyasi 4-avgust kuni Hindistonda taqdim etilishi kutilayotgan Poco M8 Power smartfonining asosiy texnik xususiyatlarini rasman oshkor qildi. Qurilma haqidagi ma’lumotlar Flipkart platformasidagi maxsus sahifada e’lon qilindi.

Texnik imkoniyatlar

Smartfonning asosiy ustunliklaridan biri 8000 mA/soat sig‘imli batareya bo‘ladi. U 45 Vt quvvatli tezkor zaryadlash hamda boshqa qurilmalarni 22,5 Vt quvvatda sim orqali quvvatlantirish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Poco M8 Power 6,9 dyuymli Full HD+ AMOLED ekran bilan jihozlanadi.

Displeyning yangilanish chastotasi 120 Gts, eng yuqori yorqinligi esa 1800 nitni tashkil etadi. Qurilma Snapdragon 4 Gen 4 protsessorida ishlaydi va Android 16 asosidagi HyperOS 3 operatsion tizimi bilan yetkazib beriladi.

Kompaniya smartfon uchun to‘rtta yirik Android yangilanishi hamda olti yil davomida xavfsizlik yangilanishlarini taqdim etishni va’da qilmoqda.

Qo‘shimcha imkoniyatlar va narx

Asosiy kamera 50 MP aniqlikdagi Light Fusion 400 sensori bilan jihozlanadi. Old kamera esa 8 MP bo‘ladi. Smartfon korpusining qalinligi 8,45 millimetrni tashkil etadi. Qurilma Corning Gorilla Glass 7i himoya oynasi hamda chang va suv sachrashiga qarshi IP65 darajasidagi himoyaga ega bo‘ladi.

Smartfon qutisiga 45 Vt quvvatlagich, himoya g‘ilofi, USB kabeli, SIM-karta uyasini ochish moslamasi va foydalanish bo‘yicha qisqa qo‘llanma kiritiladi.

Poco M8 Power kamida uch xil — to‘q sariq, yashil va qora ranglarda sotuvga chiqariladi. Rasmiy narx hozircha e’lon qilinmagan, biroq manbalarga ko‘ra, qurilma Hindistonda 25 ming rupiy, ya’ni taxminan $290 atrofida baholanishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» 8000 mA/soat batareyali Poco M8 Power’ning xususiyatlari oshkor bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek