«O‘rgimchak odam: Yangi kun» ilk dam olish kunlaridayoq 927 mln dollar ishlab topdi

3-avgust 2026 15:14 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Sony Pictures

Marvel’ning «O‘rgimchak odam: Yangi kun» filmi ilk prokat dam olish kunlarida jahon bo‘ylab $927 mln kassalik yig‘imga erishdi. Bu kino tarixidagi ikkinchi eng yaxshi debyut natijasi bo‘ldi.

AQShda $355 mln yig‘di

Dam olish kunlari davomida film jahon prokatida $927 mln daromad keltirdi. Shundan $355 mln AQSh kassalariga to‘g‘ri keldi.

Natija kino tarixidagi ikkinchi eng muvaffaqiyatli debyut sifatida qayd etildi. Rekord hamon «Qasoskorlar: Intiho» (Avengers: Endgame) filmiga tegishli bo‘lib, u ilk dam olish kunlarida $1,2 mlrd yig‘gan.

Marvel muvaffaqiyatni tomoshabinlar bilan bog‘ladi

Marvel Studios prezidenti Kevin Faygi filmning muvaffaqiyatini tomoshabinlarning qo‘llab-quvvatlashi bilan izohladi.

Uning ta’kidlashicha, filmning kuchli debyuti Marvel qahramonlarining mashhurligi va muxlislar bilan mustahkam aloqasi saqlanib qolayotganini yana bir bor tasdiqlagan. Shuningdek, bu Marvel kinematik olamidagi keyingi voqealar uchun muhim poydevor bo‘lishi qayd etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘rgimchak odam: Yangi kun» filmi nima haqidagi tafsilotlarni yozgandi.

Shuningdek