Ronaldu «o‘yinchoqlar garaji»dagi avtomobillarini ko‘rsatdi — foto

5-avgust 2026 16:52 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Ronaldu «o‘yinchoqlar garaji»dagi avtomobillarini ko‘rsatdi — foto
Foto: Krishtianu Ronaldu / Instagram

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida shaxsiy garajidan suratlarni ulashdi. Futbolchining o‘nlab million dollarga baholanadigan superkarlar kolleksiyasi muxlislar e’tiborini tortdi.

«Mening o‘yinchoqlarim»

«Al-Nasr» hujumchisi suratlarga «Mening o‘yinchoqlarim» deya izoh qoldirdi. Kadrlarda u Ferrari Monza SP2 yonida suratga tushgan bo‘lib, garajda Ferrari Daytona SP3, Ferrari GTC4 Lusso, Bugatti Veyron Grand Sport, Mercedes-AMG One, Bugatti Chiron, Bugatti Centodieci, Ferrari LaFerrari va McLaren Senna kabi eksklyuziv avtomobillar ham ko‘rinadi.

Foto: Krishtianu Ronaldu / Instagram

Kolleksiya qiymati millionlab dollar

Foto: Krishtianu Ronaldu / Instagram

Ronalduning kolleksiyasida 40 dan ortiq avtomobil bor va ularning umumiy qiymati o‘nlab million dollarga baholanadi. Futbolchi avvalroq avtomobillarni asosan investitsiya sifatida xarid qilishini, ularni har kuni haydashdan ko‘ra garajida saqlashni afzal ko‘rishini aytgan. Uning kolleksiyasidagi eng qimmat avtomobillardan biri dunyoda atigi 10 dona ishlab chiqarilgan Bugatti Centodieci bo‘lib, uning qiymati $8–9 million atrofida baholanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ronaldu va Jorjina Rodriges to‘yi haqida nimalar ma’lumligini yozgandi.

Shuningdek