Husanovning «Manchester Siti»dagi yangi maoshi ochiqlandi

7-avgust 2026 08:19 eʼlon qilindi

Muhammad Hodiyev

Muhammad Hodiyev

Muxbir
Husanovning «Manchester Siti»dagi yangi maoshi ochiqlandi
Foto: Emaratalyoum.com

«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovning yillik daromadi bonuslar hisobga olinmagan holda 6–6,2 million yevroga yetgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda futbolchilarning shartnomalari va ish haqi bo‘yicha ma’lumotlarni yurituvchi «Capology» platformasi xabar berdi.

Haftasiga 100 ming funt

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi «Manchester Siti» bilan amaldagi kelishuvini uzaytirib, 2031-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomaga imzo chekkan.

Foto: Yandex

Klub rasmiy bayonotida kelishuvning moliyaviy tafsilotlari ochiqlanmagan. Biroq ixtisoslashgan platformalar hisob-kitobiga ko‘ra, Husanovning bazaviy maoshi yiliga 5,2 million funt sterlingni tashkil etadi. Bu esa haftasiga 100 ming funt sterling, amaldagi kurs bo‘yicha esa qariyb 134,492 dollarga teng.

Jamoadagi eng yuqori maoshni Holand oladi

Foto: Yandex

Platforma ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» safida eng katta maosh oluvchi futbolchi Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand hisoblanadi. U haftasiga qariyb 500 ming funt sterling ishlab topadi.

Maoshlar reytingining yuqori pog‘onalarida, shuningdek, Rodri, Ruben Diash, Bernardu Silva, Fil Foden va Yoshko Gvardiol ham o‘rin olgan. Yangi kelishuv ortidan Husanov ham klubning yuqori maosh oluvchi futbolchilari qatoriga yaqinlashdi.

Avvalroq «Kursiv» Husanov «Manchester Siti»ning yangi safar libosi taqdimotida ko‘rinish bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek