Soliha Bahodirova Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

8-avgust 2026 12:24 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: MOQ

O‘smirlar va yoshlar o‘rtasida boshlangan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Soliha Bahodirova dastlabki medalga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Bronza medali sohibasi

Musobaqaning -45 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Soliha Bahodirova o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda qatnashdi. Sportchi dast ko‘tarish mashqida 64 kilogramm og‘irlikni ko‘tarib, qit’a birinchiligining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ushbu natija og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun mazkur turnirdagi birinchi medal sifatida qayd etildi.

Avvalroq Kursiv nashri Toshkent 2027-yilda og‘ir atletika bo‘yicha jahon turniriga mezbonlik qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek