Sony’ning yangi Xperia smartfonlari internetda paydo bo‘ldi

10-avgust 2026 11:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Sony’ning yangi Xperia smartfonlari internetda paydo bo‘ldi
Foto: ITHome

Sony kompaniyasining yangi smartfonlariga tegishli uchta model raqami GSMA IMEI bazasida qayd etildi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ular kelajakdagi Xperia 1 IX flagmaniga tegishli bo‘lishi mumkin.

Uch xil bozor uchun versiyalar tayyorlanmoqda

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, XQ-HH44 Yaponiya bozori uchun mo‘ljallangan, operatorga bog‘lanmagan versiya bo‘lishi mumkin.

XQ-HH54 modeli Yevropa va boshqa xalqaro bozorlarga, XQ-HH74 esa Xitoy va unga yaqin hududlar uchun mo‘ljallanishi taxmin qilinmoqda.

Model indeksining oxiridagi «4» raqami eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashga ishora qilishi mumkin.

Bundan tashqari, Yaponiyaga mo‘ljallangan XQ-HH44 versiyasi 3GPP standartlari asosidagi sun’iy yo‘ldosh aloqasiga mos qurilma sifatida ham qayd etilgan.

Bu Xperia 1 IX bo‘lishi mumkin

Hozircha Sony yangi qurilmalar nomini rasman e’lon qilmagan. Biroq model raqamlaridagi «H» harfi alohida e’tibor tortmoqda.

Sony’ning avvalgi nomlash tizimiga qaraganda, ushbu harf 2027-yil avlodiga mansub qurilmalarni anglatishi mumkin. Shu sabab yangi smartfonlar Xperia 1 IX oilasiga kirishi taxmin qilinmoqda.

Agar ma’lumot tasdiqlansa, Xperia 1 IX Sony’ning navbatdagi yuqori toifadagi smartfoni bo‘ladi.

Sun’iy yo‘ldosh aloqasi asosiy yangiliklardan biri bo‘lishi mumkin

Yangi modelning eng qiziqarli jihatlaridan biri sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa imkoniyati bo‘lishi mumkin. GSMA IMEI bazasidagi ma’lumotlarda XQ-HH44 modelining 3GPP standartlariga mos sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlashi qayd etilgan.

Bunday texnologiya mobil tarmoq mavjud bo‘lmagan hududlarda favqulodda xabar yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini berishi mumkin

Avvalroq «Kursiv» Motorola uch kungacha quvvat olmasdan ishlaydigan smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek