Bloger Liil Huramov model qiz bilan oila qurdi — foto

23-avgust 2026 17:38 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Bloger Liil Huramov model qiz bilan oila qurdi — foto
Foto: Liil Huramov

O‘zbekistonlik 4 million obunachiga ega bloger, vayner va xonanda Liil Huramov taxallusi bilan ijod qiluvdi Ozod uylandi. To‘y videolarini o‘zining Instagram sahifasida ulashdi.

U Lera ismli qiz bilan oila qurdi. Juftlikning to‘yi haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Avvalroq Liil Huramov Instagram sahifasida Lera bilan to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotganini ko‘rsatgan edi. Xususan, bloger bo‘lajak rafiqasi bilan birga kelinlik libosini tanlash jarayonidan videoni e’lon qilgan.

To‘y haqidagi xabar kutilmagandi

Liil Huramovning shaxsiy hayoti yil boshidan beri muxlislar e’tiborida bo‘lib kelgan. Yanvar oyida bloger kuzatuvchilarining savollariga javob berib, 2026-yilda turmush qurish rejalari borligiga ishora qilgan.

O‘sha davrda uning Dubayda yashovchi model Valeriya bilan munosabatda ekani haqida ma’lumotlar tarqalgan. Biroq iyun oyida Liil Huramov Valeriya bilan munosabatlari yakunlanganini ma’lum qilgan. Keyinchalik esa uning Lera bilan yangi munosabati va to‘yga tayyorgarligi ommaga ma’lum bo‘lgan.

«Bitta 1 xonali uy ketti shunga» — kelin uchun olingan uzuk

Liil Hurramov to‘y oldi tayyorgarliklari bilan bog‘liq yangi suratni e’lon qildi. U Instagram’dagi sahifasida kelinining qo‘lini ushlab turgan suratni joylashtirdi.

Suratda qizning barmog‘ida katta toshli uzuk aks etgan. Bloger suratga hazilomuz izoh qoldirib, uzukning 3 karat ekaniga ishora qilgan.

«Bitta 1 xonali uy ketti shunga», – deb yozgan Huramov.

Lera bilan qanday tanishgani noma’lum

Hozircha Liil Huramov va Lera qachon va qanday tanishgani, munosabatlari qachondan boshlanganiga oid batafsil ma’lumotlar ochiqlanmagan.

Ma’lum bo‘lgan jihat shuki, juftlik to‘y oldidan tayyorgarlik jarayonlarini birga olib borgan. Kelinlik libosini tanlash aks etgan videoda ham ularning marosimga faol hozirlik ko‘rayotgani ko‘ringan.

Muxlislar yosh oilani tabriklamoqda

To‘y haqidagi xabar ortidan Liil Huramovning muxlislari juftlikka o‘z tabrik va tilaklarini yo‘llamoqda. Blogerning Instagram sahifasida 4 milliondan ortiq obunachilar mavjud bo‘lib, uning oilaviy hayotidagi yangilik keng auditoriya e’tiborini tortdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ronaldu va Jorjinaning to‘y lavhalari e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek