85 dollarlik Lava Bold smartfoni taqdim etildi

28-avgust 2026 21:45 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
85 dollarlik Lava Bold smartfoni taqdim etildi
Foto: Gizmochina

Lava kompaniyasi Bold N4 Lite nomli yangi budjet smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

Oddiy qo‘ng‘iroqlar, xabarlar va kundalik ilovalardan foydalanish uchun mo‘ljallangan qurilma 3-sentabrdan $85 narxda sotuvga chiqadi.

Smartfon 6,56 dyuymli LCD displey bilan jihozlangan. Ekran aniqligi 960×540 pikselni tashkil etadi.

Qurilma Unisoc 9863A sakkiz yadroli protsessori asosida ishlaydi. U 28 nanometrli texnologiya asosida ishlab chiqarilgan. Operativ xotira hajmi 3 GB, virtual kengaytirish funksiyasi orqali uni 6 GB gacha oshirish mumkin. Ichki xotira esa 32 GB bo‘lib, microSD karta orqali kengaytiriladi.

5000 mA·soat batareya

Lava Bold N4 Lite smartfoniga 5000 mA·soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Biroq uning quvvatlanish tezligi atigi 10 Vt bilan cheklangan.

Asosiy kamera 8 MP, selfi kamerasi esa 5 MP aniqlikka ega.

Smartfon Android 16 Go Edition operatsion tizimida ishlaydi. Qurilmada yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri ham mavjud.

Harbiy standart bo‘yicha himoya

Lava Bold N4 Lite korpusi MIL-STD-810H harbiy standartiga mos keladi. Bu smartfonning tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshirishga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tecno Spark Go 3 Pro $170 narxda taqdim etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek