Husanov va «Siti» Londonda yirik hisobda g‘alaba qozondi

29-avgust 2026 09:30 eʼlon qilindi

(29-avgust 2026 18:43 yangilandi)
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: Instgram / mancity

Angliya Premyer-ligasining 2-turi doirasida «Manchester Siti» klubi Londonda «Kristal Pelas» mehmoni bo‘ldi. Gollarga boy o‘tgan bahsda «shaharliklar» yirik 1:4 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun eng quvonarli jihati shundaki, hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu uchrashuvni ham asosiy tarkibda boshladi.

Husanovning ishonchli o‘yini va himoyadagi barqarorlik

Foto: Tribuna.com

«Manchester Siti» ustozi ushbu safar uchrashuvida ham himoya qo‘rg‘onini Abduqodir Husanovga ishonib topshirdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va butun o‘yin davomida o‘zining sovuqqonligi bilan ajralib turdi.

Nufuzli SofaScore tahliliy portali hamyurtimizning o‘yinini yuqori baholab, unga 7,1 ball taqdim etdi. Husanov o‘z vazifasini to‘laqonli a’lo darajada bajargach, uchrashuvning 89-daqiqasida zaxiraga olindi.

Holand va Sherki benefisi: gollar yomg‘iri

O‘yindagi hisob 17-daqiqadayoq ochildi. Antuan Semenyo qanotdan yorib kirib, jarima maydonchasi ichiga ajoyib to‘p uzatishni amalga oshirdi. Hujumda o‘z imkoniyatini poylab turgan Erling Holand himoyachilardan chaqqonroq harakat qilib, to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi – 0:1.

Ikkinchi bo‘limda «Siti» hujumkorlikni yanada oshirdi. 54-daqiqada Fil Fodenda ajoyib imkoniyat yuzaga keldi, u to‘pni markazdan yorib kirayotgan Rayan Sherkiga uzatdi. Sherki raqib himoyachilarini birin-ketin aldab o‘tib, darvozabon qaytara oldimaydigan zarba bilan hisobni oshirdi – 0:2.

Oradan ko‘p o‘tmay, 59-daqiqada «Siti» yana bir chiroyli kombinatsiyani namoyish etdi. Bu safar himoyachi Yoshko Gvardiol hujumga qo‘shilib, jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Cherkini aniq to‘p bilan ta’minladi. Rayan bir harakat bilan to‘pni to‘g‘rilab oldi va uzoq burchakni aniq nishonga olib, o‘zining uchrashuvdagi dublini nishonladi – 1:3.

O‘yinga yakuniy nuqtani esa yana o‘sha Erling Holand qo‘ydi. 84-daqiqada Fil Foden o‘zining uchrashuvdagi ikkinchi assistini amalga oshirdi. Fodenning himoyachilar ortiga tashlab bergan to‘piga birinchi bo‘lib yetib borgan Holand darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va sovuqqonlik bilan to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi – 1:4.

Mezbonlarning yagona goli: chiroyli zarba va kutilmagan avtogol

«Kristal Pelas» muxlislarini xursand qilgan va uchrashuvdagi yagona javob goli 56-daqiqada juda ajoyib va biroz omadsiz ssenariy asosida kiritildi. Mezbonlar xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Jarima zarbasidan yo‘llangan to‘p juda kuchli va aylanma trayektoriya hosil qilib, darvoza to‘siniga kuch bilan urildi. Qaytgan to‘p esa sakrab, parvozda bo‘lgan «Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarummaga tegdi va darvoza to‘ridan joy oldi. Natijada ushbu vaziyat rasmiy ravishda italiyalik kipper nomiga avtogol sifatida yozib qo‘yildi (1:2).

Avvalroq Kursiv nashri Abduqodir Husanov Angliyada qancha soliq to‘lashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek