Redmi 17 5G global versiyasi haqida nimalar ma’lum

3-sentabr 2026 15:57 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Redmi 17 5G global versiyasi haqida nimalar ma’lum
Foto: Redmi/gizmochina

Xiaomi Hindistonda Redmi 17 5G smartfonining global versiyasini taqdim etdi. Qurilma 7900 mA/soat sig‘imli batareya, 6,9 dyuymli ekran va Snapdragon 4 Gen 5 protsessoriga ega. Gizmochina xabariga ko‘ra, bu Xitoy versiyasidagi 6300 mA/soat batareyadan ancha kattaroq.

Redmi 17 5G 1600×720 piksel aniqlikdagi 6,9 dyuymli LCD displey bilan jihozlangan. Ekran 120 Gts yangilanish tezligi va 825 nitgacha maksimal yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

Displey ko‘k yorug‘lik va miltillashni kamaytirishga qaratilgan TÜV Rheinland sertifikatlariga ham ega. Smartfon 4 nanometrli Snapdragon 4 Gen 5 protsessorida ishlaydi. Uning maksimal chastotasi 2,4 GGs gacha yetadi.

Qurilma 6 GB gacha LPDDR4X operativ xotira va 256 GB gacha UFS 2.2 doimiy xotira bilan taklif qilinadi. MicroSD karta orqali xotirani yana 2 TB gacha kengaytirish mumkin. Redmi 17 5G HyperOS 3 operatsion tizimida ishlaydi.

Foto: Redmi/gizmochina

Modelning asosiy xususiyatlaridan biri 7900 mA/soat sig‘imli akkumulyator hisoblanadi. Xiaomi ma’lumotiga ko‘ra, smartfon bir quvvatda 109 soatgacha musiqa tinglash, 28 soatgacha video tomosha qilish va 53 soatgacha suhbatlashish imkonini beradi.

Qurilma 45 Vt tezkor quvvatlash va 22,5 Vt gacha teskari simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Taqqoslash uchun, Redmi 17’ning Xitoydagi versiyasida 6300 mA/soat batareya o‘rnatilgan.

Asosiy kamera 50 MP

Redmi 17 5G 50 MP asosiy kamera bilan jihozlangan. Old kamera esa 8 MP aniqlikka ega.

Shuningdek, smartfonda stereo karnaylar, 3,5 millimetrlik audio port, Gorilla Glass 7i himoya oynasi va orqa panelda RGB yoritgich mavjud. Qurilma suv va changdan IP64 standarti bo‘yicha himoyalangan.

Redmi 17 5G Hindistonda 10-sentabrdan sotuvga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Redmi Note 17 Pro Max quvvati sinovdan o‘tkazilgani ma’lum qilingandi.

Shuningdek