
Turkiya Superligasining to‘rtinchi turida «Istanbul Bashakshehir» «Galatasaray»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushdi. Flashscore portali uchrashuvdan so‘ng futbolchilarning o‘yinini baholadi.
Shomurodov gol urdi

Eldor Shomurodov uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi va 66-daqiqada penaltidan gol urdi.
Flashscore unga 6,9 ball qo‘ydi.

Fayzullayev 6,5 ball oldi

Abbosbek Fayzullayev ham asosiy tarkibda o‘yinni boshladi. U 74-daqiqada almashtirildi.
Portal o‘zbekistonlik futbolchining o‘yinini 6,5 ball bilan baholadi.

Eng yuqori baho Yunus Akgunga berildi
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida «Galatasaray» hujumchisi Yunus Akgun qayd etildi. U Flashscore’dan 8,2 ball oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilning eng qimmat 10 transferi haqida ma’lumot berilgandi. 2026-yil yozida qiymati 100 mln yevrodan oshgan oltita transfer amalga oshirildi. Ularning beshtasi Angliya klublari tomonidan amalga oshirilgan.