Xiaomi 18 Fold uchun oldindan buyurtma berish boshlandi — narx

8-sentabr 2026 11:19 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Xiaomi 18 Fold uchun oldindan buyurtma berish boshlandi — narx
Foto: weibo // Digital Chat Station

Xiaomi 18 Fold buklanadigan smartfoni uchun Xitoyda oldindan buyurtmalar ochildi. Qurilma 10-sentabrdan sotuvga chiqadi, boshlang‘ich narxi esa 11 ming yuan, ya’ni taxminan $1,6 mingni tashkil etadi.

Xiaomi 18 Fold ichki tomonda 7,58 dyuymli, tashqi tomonda esa 5,38 dyuymli displey bilan jihozlangan. Har ikki ekran tomonlar nisbati 2:1 bo‘lgan formatda ishlaydi.

Korpusi 5 millimetr atrofida

Foto: weibo // Digital Chat Station

Smartfonning og‘irligi 219 grammni tashkil etadi.

Ochiq holatda korpus qalinligi taxminan 5 millimetr atrofida bo‘ladi. Bu uni yirik buklanadigan smartfonlar orasida nisbatan ixcham modelga aylantiradi.

Xring O3 protsessori o‘rnatilgan

Xiaomi 18 Fold kompaniyaning Xring O3 protsessorida ishlaydi. Geekbench 7 testida chip bir yadroli sinovda 3 119 ball, ko‘p yadroli testda esa 12 031 ball to‘plagan.

Natija Xring O1’dan yuqori va ko‘p yadroli ishlash bo‘yicha Snapdragon 8 Elite 5 Gen’dan ham yaxshiroq bo‘lgan.

Asosiy kamera 200 MP

Foto: weibo // Digital Chat Station

Smartfon Leica bilan hamkorlikda yaratilgan uch kamerali tizimga ega.

Asosiy kamera 200 MP HP5 sensoridan iborat. Shuningdek, 3,5 karra optik zumli 50 MP periskop kamera va 17 millimetr fokus masofali ultra keng burchakli modul mavjud.

Batareyasi 6000 mA/soat

Xiaomi 18 Fold 6000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. U 67 Vt simli va 50 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, qurilmada IP58/IP59 himoyasi, UWB texnologiyasi va ikki karnayli audio tizim mavjud.

Sotuv 10-sentabrda boshlanadi

Foto: weibo // Digital Chat Station

Xitoyda Xiaomi 18 Fold narxi 11 ming yuandan boshlanadi. Bu taxminan $1,6 mingga teng. Smartfonning rasmiy savdosi 10-sentabrdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi 18 Fold keramika korpusda ko‘rsatilgandi. Keramika versiyasidan tashqari, Xiaomi 18 Fold qizil, oltin-oq va to‘q kulrang ranglarda ham chiqarilishi kutilmoqda. Ceramic Special Edition’ning keramika korpusdan tashqari boshqa farqlari hozircha ochiqlanmagan.

Shuningdek