
Jorjina Rodriges Venetsiya kinofestivalidagi qizil yo‘lakda odatda ko‘p e’tibor tortadigan $3 mlnlik unashtiruv uzugisiz paydo bo‘ldi. U bu safar Chopard’ning yirik olmosli taqinchoqlarini tanladi, deya xabar berdi Marca.
32 yoshli Rodriges «Mr. Nelson, Did You Kill People?» filmi namoyishiga to‘q ko‘k rangdagi Gucci libosida tashrif buyurdi. U chuqur yoqali pidjakni tor yubka va baland poshnali qora tuflilar bilan uyg‘unlashtirdi.
$3 mlnlik uzuk o‘rnini olmoslar egalladi
Jorjina Rodrigesning qiyofasida eng ko‘p e’tibor tortgan jihatlardan biri Krishtianu Ronaldu unga 2025-yilda sovg‘a qilgani aytiladigan, qiymati taxminan $3 mln bo‘lgan ulkan unashtiruv uzugining yo‘qligi bo‘ldi.
Buning o‘rniga u qo‘llari, bo‘yni va quloqlarini olmosli taqinchoqlar bilan bezadi. Shu bilan birga, yaqinda bo‘lib o‘tgan nikohidan qolgan oddiy oltin nikoh uzugini taqib yurdi.
Marca nashriga ko‘ra, Venetsiyadagi ushbu obraz uchun taqinchoqlar Chopard zargarlik uyi tomonidan taqdim etilgan. Rodriges yarim oy shaklidagi olmos uzuklar, yirik ziraklar va ko‘zga tashlanadigan olmosli choker bilan suratga tushdi.
Nega unashtiruv uzugi ko‘rinmadi
Bu holat, ayniqsa, e’tiborli bo‘ldi. Chunki $3 mlnlik uzuk 2025-yil avgustida juftlik unashtirilganini ma’lum qilganidan keyin Jorjina Rodriges obrazining eng tanilgan detallaridan biriga aylangandi.
Biroq Venetsiyada u bitta ulkan toshga urg‘u berish o‘rniga butun boshli olmosli kompozitsiyani tanladi.
Shu sababli bu chiqish qimmatbaho taqinchoqlardan voz kechish emas, balki bitta ramziy uzukni boshqa uslubdagi olmoslar bilan almashtirish sifatida baholandi.
Jorjina va Ronaldu kamtarona nikohni tanlagan
Marca ma’lumotiga ko‘ra, Jorjina Rodriges va Krishtianu Ronaldu Portugaliyada, farzandlari ishtirokida uy sharoitida o‘tkazilgan kichik marosimda turmush qurishgan.
Rodriges Vogue’ga bergan intervyusida ular nega katta marosimdan voz kechganini ham tushuntirgan.
«Biz buni aynan uyimizdagi mehmonxonada qilishni tanladik. Bu yerda nonushta qilamiz, tushlik va kechki ovqat qilamiz, kundalik hayotimiz shu yerda o‘tadi», – degan u.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ronalduning opasi Jorjina bilan nikohiga munosabat bildirgani haqida yozgan edi.