Xiaomi Skynomad N90 Max ikki qavatli uyga aylandi — narx

10-sentabr 2026 08:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi Skynomad N90 Max ikki qavatli uyga aylandi — narx
Foto: Xiaomi

Xiaomi Skynomad N90 Max Explorer Edition modelining savdosini boshladi. Uzunligi 5,3 metr bo‘lgan oilaviy krossover elektr yordamida ko‘tariladigan tomga ega bo‘lib, to‘xtab turgan paytda ikki qavatli yotoq joyga aylanishi mumkin.

Modelning Xitoydagi narxi 300 ming yuan etib belgilangan. Oddiy yetti o‘rinli N90 Max esa 270 ming yuandan sotiladi.

Tom qismi yotoqxonaga aylanadi

Explorer Edition versiyasining asosiy xususiyati elektr yordamida ko‘tariladigan tom hisoblanadi. Avtomobil to‘xtatilgach, tugma bosilishi bilan tomning yuqori qismi ko‘tariladi va salon balandligi 2 294 mmgacha yetadi.

Yuqori qavatda 2 110 × 985 mm o‘lchamdagi yotoq joyi hosil bo‘ladi. U 200 kg gacha yukni ko‘tara oladi.

Foto: Xiaomi

Ushbu qism beshta to‘rli oyna, yoritish tizimi, konditsionerning ikkita havo kanali, USB-C portlari hamda turli aksessuarlarni mahkamlash uchun moslamalar bilan jihozlangan. Tom yopiq holatda avtomobil balandligini atigi 100 mmga oshiradi.

Salonda beshta o‘rindiq qoldirilgan

Oddiy N90 Max yetti o‘rinli bo‘lsa, Explorer Edition versiyasida o‘rindiqlar soni beshtagacha kamaytirilgan.

Foto: Xiaomi

Ikkinchi qatordagi o‘rindiqlar yig‘ilganda 1,87 × 1,24 metr o‘lchamdagi yotoq joyi hosil bo‘ladi. O‘rindiqlarda isitish va shamollatish funksiyalari mavjud. Bundan tashqari, avtomobil polini isitish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Shu tariqa avtomobilda bir vaqtning o‘zida salon va ko‘tariladigan tom qismidan tunash uchun foydalanish mumkin.

Bir quvvatlash va yonilg‘i bilan 1 688 km yuradi

Xiaomi Skynomad N90 Max Explorer 76 kVt/soat sig‘imli batareya hamda 1,5 litrli benzin dvigatel-generator bilan jihozlangan. Avtomobil g‘ildiraklarini elektromotorlar harakatga keltiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi Skynomad N70 qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek