Samsung Galaxy S27 Ultra yangi kamera olmasligi mumkin

14-sentabr 2026 10:07 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Samsung Galaxy S27 Ultra yangi kamera olmasligi mumkin
Foto: PhoneArena

Samsung Galaxy S27 Ultra’da yangi telekamera o‘rnatilishi haqidagi avvalgi ma’lumotlar rad etildi. Ice Universe’ga ko‘ra, smartfon hozirgi kabi 5 karra optik zumga ega periskop telekameradan foydalanadi.

Avvalroq Galaxy S27 Ultra 4 karra zum va kattaroq 1/1,9 dyuymli sensor olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ice Universe ushbu ma’lumotlarni noto‘g‘ri deb atadi.

Uning ta’kidlashicha, yangi kamera haqidagi xabarni tarqatgan manba avval ham bir necha bor noto‘g‘ri ma’lumot bergan. Shu sabab Galaxy S27 Ultra kamerasi bo‘yicha keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmayapti.

5 karra periskop kamera qolishi mumkin

Ma’lumotga ko‘ra, Galaxy S27 Ultra 5 karra optik zumga ega periskop teleobyektiv bilan chiqadi. Kamera sensori hajmi 1/2,52 dyuym bo‘lishi kutilmoqda. Hozircha Samsung Galaxy S27 Ultra kamerasi xususiyatlarini rasman tasdiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 Ultra uchun 200 dollar chegirma e’lon qilingani haqida xabar berilgandi. Xaridorlar qurilmani eski smartfonini topshirmasdan ham $200 chegirma bilan sotib olishi mumkin. Bundan tashqari, ularga $150 miqdorida Samsung Credit taqdim etiladi.

Shuningdek