Javohir Sindarov va Bibisara Assaubayeva O‘zbekistonga keldi

15-sentabr 2026 08:26 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Javohir Sindarov va Bibisara Assaubayeva O‘zbekistonga keldi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubayeva Hindistondagi Tech Mahindra Global Chess League turniridan so‘ng O‘zbekistonga yetib keldi.

Sindarov va Assaubayeva Toshkentga keldi

Bibisara Assaubayeva Toshkentga kelganini Instagram sahifasida ma’lum qildi. U O‘zbekiston poytaxtidan bir nechta suratlarni e’lon qilgan.

Suratlarda Javohir Sindarov va Bibisara Assaubayevaning Toshkent aeroportiga yetib kelgani, O‘zbekiston bayrog‘i tushirilgan stela hamda Samarqandda o‘tkaziladigan 2026-yilgi shaxmat Olimpiadasiga bag‘ishlangan bannerlarni ko‘rish mumkin. Assaubayeva postiga qisqacha «Toshkent» deb izoh qoldirgan.

Sindarov Global Chess League’da uchinchi o‘rinni egalladi

Foto: Instagram/ @bibisarachess

Javohir Sindarov va Bibisara Assaubayeva bundan oldin Hindistonning Bengaluru shahrida o‘tkazilgan Tech Mahindra Global Chess League turnirida Fyers American Gambits jamoasi safida ishtirok etdi.

Musobaqa 13-sentabrga qadar davom etdi. Yakunda Sindarov va Assaubayeva dona surgan Fyers American Gambits jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Javohir Sindarov turnirda jamoaning birinchi taxtasida harakat qildi va musobaqani muvaffaqiyatli yakunladi.

Foto: Instagram/ @bibisarachess

Sindarov Samarqanddagi shaxmat Olimpiadasi oldidan qaytdi

46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 15-sentabr kuni Samarqandda tantanali ochilish marosimi bilan boshlanadi. Turnirning asosiy bahslari 16 – 27-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bibisara Assaubayeva musobaqada Qozog‘iston ayollar terma jamoasi tarkibida qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Javohir Sindarov kunning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek