
Chevrolet AQSh bozorida 2026-yilgi Colorado pikapi uchun sentabr oyiga maxsus moliyaviy takliflarni e’lon qildi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.
Xaridorlar ayrim versiyalarda $3 minggacha (35 mln so‘m) chegirma olishi, shuningdek, avtomobilni imtiyozli kredit yoki lizing asosida xarid qilishi mumkin.
Chevrolet Colorado uchun chegirmalar $3 minggacha yetadi
Chevrolet 2026-yilgi Colorado uchun bir nechta xarid dasturlarini taklif qilmoqda.

Trail Boss va ZR2 versiyalarida $500 mijoz bonusi hamda $2 minglik conquest bonus hisobiga jami chegirma $2,5 minggacha yetadi.
Boshqa versiyalarda esa $1 ming mijoz bonusi va $2 ming conquest bonus bilan umumiy chegirma $3 minggacha chiqadi.
Kredit stavkasi 4,9 foizdan
Chevrolet Colorado’ni GM Financial orqali moliyalashtirgan xaridorlarga 75 oygacha yillik 4,9 foiz stavkali kredit taklif qilinmoqda.
Bundan tashqari, tegishli shartlarga javob beradigan mijozlar $2 minglik conquest bonusdan ham foydalanishi mumkin.
Lizing oyiga $199 dan boshlanadi

Chevrolet turli hududlar uchun Colorado bo‘yicha maxsus lizing dasturlarini ham taklif qilmoqda. Masalan, Los-Anjeles hududida Colorado Work Truck 2WD modelini 24 oyga oyiga $199 dan lizingga olish mumkin. Shartnoma imzolash vaqtida $2 879 to‘lov talab etiladi.
Colorado Trail Boss 4WD uchun esa xuddi shu hududda 24 oylik lizing to‘lovi oyiga $249 ni tashkil qiladi. Dastlabki to‘lov $3 999 etib belgilangan.
Chevrolet Colorado narxi $34,5 mingdan boshlanadi
2026-yilgi Chevrolet Colorado’ning boshlang‘ich narxi WT versiyasi uchun $34 495 etib belgilangan.
LT versiyasi $38 095, Trail Boss $42 495, Z71 $46 495, ZR2 esa $52 595 dan boshlanadi. Eng qimmat ZR2 Bison versiyasining boshlang‘ich narxi $64 295 ni tashkil etadi.
Pikap 310 ot kuchiga ega
Chevrolet Colorado 2,7 litrli TurboMax turbomotori bilan jihozlangan. Dvigatel 310 ot kuchi va 430 funt-fut aylantiruvchi moment ishlab chiqaradi. Model 7 700 funtgacha tirkama tortishi, yuk ko‘tarish imkoniyati esa 1 710 funtgacha yetishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Onix va Tracker haqida yangi ma’lumot e’lon qilingani haqida yozgan edi.