
«Manchester Yunayted»ning sobiq skauti Nikolas Chinalli klubga o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni transfer qilishni tavsiya qilganini aytdi. Bu haqda Sports.kz ASnews.kz’ga tayanib xabar berdi.
Skaut Husanovning uchta jihatini alohida qayd etgan
Chinallining so‘zlariga ko‘ra, u Husanovni O‘zbekiston U-20 terma jamoasining jahon chempionatidagi o‘yinlarida kuzatgan.
«Husanovda uchta asosiy sifat menga kuchli taassurot qoldirdi: tezlik, jismoniy kuch va diqqatni yo‘qotmaslik. Abduqodir «Manchester Yunayted»ga mos kelishiga ishongandim», — dedi mutaxassis.
U o‘sha paytda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham umumiy jihatdan jangovar va faol o‘yin ko‘rsatganini ta’kidladi.
Husanov keyinchalik «Manchester Siti»ga o‘tdi
Abduqodir Husanov 2025-yil yanvarida Fransiyaning «Lans» klubidan «Manchester Siti» safiga o‘tdi. Transfer qiymati 40 mln yevroni tashkil qilgan.
Husanov O‘zbekistonning U-20 terma jamoasi safida 2023-yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham qatnashgan. O‘zbekiston o‘sha turnirning 1/8 finalida Isroilga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Avvalroq «Kursiv» Husanovning «Manchester Siti» klubi himoyachisini «Manchester Yunayted»ga sotmoqchiligi haqida yozgan edi.