Husanov dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin — «Siti» sport direktori

18-sentabr 2026 10:30 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Foto: AP Photo/Scott Heppell

«Manchester Siti» sport direktori Ugu Viana O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning klubdagi rivojlanishi kutilganidan tezroq kechayotganini aytdi. Uning fikricha, futbolchi kelgusi 5-6 yil ichida dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin. Viana bu haqda «Manchester Siti» matbuot xizmatiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Bunday tez rivojlanishini kutmagandik»

Sport direktorining aytishicha, klub Husanovni taklif qilganida uning jismoniy imkoniyatlarini yaxshi bilgan va kelajakda jamoaning muhim futbolchisiga aylanishiga ishongan.

«Ammo bu shunchalik tez sodir bo‘lishini kutmagandik. U juda yosh edi va Fransiyada ham qisqa vaqt o‘ynagandi. Biz undan juda mamnunmiz», – dedi Viana.

Shu bilan birga, u Husanov hali rivojlanishi va ko‘p narsalarni o‘rganishi kerakligini ta’kidladi.

«Ishonchim komilki, yaqin besh-olti yil ichida u dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylanadi», – dedi “«Manchester Siti» sport direktori.

Husanov «Manchester Siti»ga 2025-yilda o‘tgan

Shuningdek, o‘qing: Abduqodir Husanov qanday baholandi — tahlil

Abduqodir Husanov 2025-yil yanvarida Fransiyaning «Lans» klubidan «Manchester Siti»ga transfer qilingan. U Angliya Premyer-ligasida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

2026-yil iyulida himoyachi Manchester klubi bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi.

Avvalroq «Kursiv» Abduqodir Husanov «Manchester Yunayted»ga tavsiya qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek