Krishtianu Ronaldu Saudiyadan ketsa, faoliyatini Amerikada davom ettirishi mumkin

18-sentabr 2026 15:37 eʼlon qilindi

(18-sentabr 2026 23:28 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Krishtianu Ronaldu Saudiyadan ketsa, faoliyatini Amerikada davom ettirishi mumkin
Foto: Ronaldu/ Instagram

Portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza «Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning kelajakdagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Uningcha, futbolchi Saudiya Arabistonidan ketadigan bo‘lsa, faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin.

Agent Yevropaga qaytish ehtimolini past baholadi

Barbozadan Ronaldu nazariy jihatdan Rossiya klublari taklifini ko‘rib chiqishi yoki Portugaliyaning «Sporting» klubiga qaytishi mumkinmi, deb so‘raldi.

Agentning fikricha, Ronaldu joriy mavsumni «Al-Nasr» safida yakunlashga harakat qiladi. U futbolchining «Sporting»ga qaytishi yoki Yevropaning boshqa klublarida faoliyatini davom ettirishiga ishonmasligini aytdi.

«Menimcha, u Saudiya Arabistonida yana qolishi mumkin, chunki bu yerda u uchun tijoriy jihatdan maqbul variantlarni topish mumkin. Ikkinchi variant — Amerika. Yevropa esa, menimcha, endi ortda qoldi», – dedi Barboza.

Shu bilan birga, agent Rossiya klublariga o‘tish imkoniyatini alohida tasdiqlamadi.

Ronaldu «Al-Nasr»da 2023-yildan beri o‘ynaydi

Krishtianu Ronaldu 2023-yildan buyon Ar-Riyodning «Al-Nasr» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi klub safida 148 ta uchrashuv o‘tkazib, 126 ta gol urgan va 24 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Avvalroq «Kursiv» Krishtianu Ronaldu «Al-Nassr»ni yanvarda tark etishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek