Javohir Sindarovning g‘alabasi e’tirof etildi

18-sentabr 2026 15:51 eʼlon qilindi

(18-sentabr 2026 23:34 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Javohir Sindarovning g‘alabasi e’tirof etildi
Foto: Uzchess loyihasining rasmiy Telegram kanali

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Samarqandda o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining ikkinchi turida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovning yorqin g‘alabasini alohida qayd etdi. O‘zbekiston terma jamoasi yosh Peru jamoasiga qarshi bahsda 3,5:0,5 hisobida g‘alaba qozondi. Sindarov esa o‘z partiyasida 98 foizlik aniqlik ko‘rsatdi.

Sindarov farzinini ikkinchi marta qurbon qildi

FIDE sharhiga ko‘ra, Sindarov partiyaning muhim qismigacha deyarli mukammal o‘yin namoyish etgan. U ortiqcha piyoda bilan ancha qulay vaziyatga ega bo‘lgan va 31…Qa1 yurishi ham g‘alaba uchun yetarli bo‘lishi mumkin edi.

Biroq o‘zbekistonlik grossmeyster keskinroq davomni tanlab, 31…Kf7!! yurishini amalga oshirdi va partiya davomida ikkinchi marta farzinini qurbon qildi.

Perulik raqibi Flores Kilyas qurbonlikni 32.Qxf1 yurishi bilan qabul qilgan. Shundan so‘ng Sindarov 32…Rh3!! yurishi orqali hal qiluvchi hujumni tashkil etdi.

FIDE ta’kidlashicha, bu vaziyatda 33…h6 dan keyingi mat tahdidini bartaraf etishning iloji qolmagan va Peru vakili mag‘lubiyatdan qutula olmagan.

O‘zbekiston ikkinchi turda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Sindarovning g‘alabasi O‘zbekiston terma jamoasining umumiy 3,5:0,5 hisobidagi muvaffaqiyatiga hissa qo‘shdi.

FIDE sharhida o‘zbekistonlik grossmeysterning partiyasi turnirning ikkinchi kunidagi eng yorqin o‘yinlardan biri sifatida alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Javohir Sindarovning asosiy maqsadi ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek