Abduqodir Husanov stadionda qanday olqishlandi — video

20-sentabr 2026 10:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Abduqodir Husanov stadionda qanday olqishlandi
Foto: Instagram/ Husanov

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov Angliya Liga kubogi uchinchi bosqichida «Manchester Siti»ning «Norwich» ustidan 5:0 hisobidagi g‘alabasida to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. U uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.

Muxlislar Husanov nomini hayqirdi

Final hushtagi yangragach «Etihad» stadionidagi muxlislar futbolchilarni olqishlar bilan kuzatib qo‘ydi. Ayrim «Manchester Siti» ishqibozlari Abduqodir Husanov nomini alohida hayqirgan.

Klub rasmiy sayti avvalroq ham Husanov mahalliy muxlislar orasida mashhurlikka erishganini qayd etgan edi. Tribunadagi ishqibozlar uning sharafiga «Khuuuuuus» deb hayqirishi ta’kidlangan.

«Manchester Siti» yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Manchester Siti» «Norwich»ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Husanov esa ushbu uchrashuvda maydonni tark qilmagan va jamoaning yirik g‘alabasida qatnashgan.

Avvalroq «Kursiv» Husanov dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek