Oppo Find X10 smartfoni rasman taqdim etildi

22-sentabr 2026 19:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Oppo Find X10 smartfoni rasman taqdim etildi
Foto: Notebookcheck

Oppo Xitoyda yangi flagman smartfoni — Oppo Find X10 modelini rasman taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Qurilma 6,8 dyuymli AMOLED ekran, MediaTek Dimensity 9600M protsessori, 8000 mA·soat batareya va Hasselblad bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan kamera tizimiga ega.

Smartfon narxi 12/256 GB versiya uchun $820 dan boshlanadi.

144 Gts ekran va IP69 himoya

Oppo Find X10 metall ramka va mat shisha orqa panel bilan jihozlangan. Qurilma IP66, IP68 va IP69 standartlari bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan.

Smartfon 2768 × 1272 piksel aniqlikdagi 6,8 dyuymli AMOLED displeyga ega. Yangilanish chastotasi 144 Gtsni, PWM chastotasi esa 3840 Gtsni tashkil etadi.

Foto: ITHome

Ekran atrofidagi ramka qalinligi atigi 0,99 mm. Kompaniya BT.2020 rang makoni qo‘llab-quvvatlanishi va DeltaE ko‘rsatkichi 0,6 dan past ekanini ham ma’lum qilgan.

Batareya sig‘imi 8000 mA·soat

Find X10 MediaTek Dimensity 9600M chipida ishlaydi. Oppo ma’lumotiga ko‘ra, qurilma olti yil davomida tizimning silliq ishlashini saqlab qolishi kerak.

Smartfon 8000 mA·soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. U 80 Vt SuperVOOC simli va 50 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilma Android 17 asosidagi ColorOS 17 bilan sotuvga chiqadi. Yangi interfeysda sun’iy intellekt asosidagi qaydlar bilan ishlash vositalari, unumdorlik funksiyalari va yangilangan Fluid Cloud tizimi mavjud.

Asosiy kamera 200 MP

Oppo Find X10 Hasselblad kamera tizimini olgan. Asosiy modul 200 megapikselli, 1/1,4 dyuymli sensor bilan jihozlangan. Kamera 23 mm ekvivalent fokus masofasi, f/1,6 diafragma va CIPA 6.0 darajasidagi optik stabilizatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

Ikkinchi modul ham 200 megapikselli periskopli telefoto kamera hisoblanadi. U 65 mm fokus masofasi, 1/1,56 dyuymli sensor, f/2,6 diafragma va CIPA 7.0 stabilizatsiyaga ega.

Tizim 15 mm fokus masofasiga ega, 120 darajali ko‘rish burchagini taqdim etuvchi ultra keng burchakli kamera bilan to‘ldirilgan. Smartfon tashqi Hasselblad telekonverteri bilan ham ishlaydi.

Narxi qancha

Oppo Find X10 quyidagi versiyalarda taklif qilinadi: 12/256 GB — $820, 12/512 GB — $895, 16/512 GB — $970, 16 GB/1 TB — $1120.

Shu kuni Oppo Find X10 Pro Max modelini ham taqdim etdi. Kompaniya uni dunyodagi uchta 200 megapikselli kamera bilan jihozlangan ilk smartfon sifatida ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo Find X10 foydalanuvchi odatlarini eslab qoladigan SI bilan chiqishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek