
Poco X8 smartfoni Rossiyada sotuvga chiqarildi. Qurilma katta AMOLED ekran, 8340 mA/soat sig‘imli akkumulyator va IP69K darajasidagi himoya bilan jihozlangan.
Snapdragon 6s Gen 4 protsessori
Poco X8 Qualcomm Snapdragon 6s Gen 4 protsessorida ishlaydi. Smartfon 6, 8 yoki 12 GB tezkor xotira hamda 128 yoki 256 GB ichki xotira variantlarida taklif etiladi.
6,83 dyuymli AMOLED ekran
Qurilma 6,83 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Ekran o‘lchamlari 2772 × 1280 pikselni tashkil etadi. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, maksimal yorqinlik 3500 nitgacha yetadi.

Asosiy kamera 50 MP
Poco X8’ning asosiy kamerasi 50 MP bo‘lib, optik tasvir barqarorlashtirish funksiyasiga ega.
Bundan tashqari, sahna chuqurligini aniqlash uchun 2 MP qo‘shimcha sensor o‘rnatilgan. Selfi va videoqo‘ng‘iroqlar uchun esa 16 MP old kamera mavjud.
Akkumulyator sig‘imi 8340 mA/soat
Smartfon 8340 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan va 67 Vt quvvatli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Korpus IP66, IP68, IP69 va IP69K himoya standartlariga mos keladi. Bu qurilmaning chang, suv va yuqori bosimli suv oqimlariga nisbatan kuchli himoyaga ega ekanini anglatadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Poco F9 Pro va F9 Ultra sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.