
Samsung kompaniyasi Yevropada Samsung Galaxy S26 turkumidagi smartfonlarning rasmiy narxlarini oshirdi. Bu haqda GSMArena nashri xabar bermoqda.
Galaxy S26, Galaxy S26+ va Galaxy S26 Ultra modellari odatda sotuv boshlanganidan bir necha oy o‘tib arzonlashishi kutiladigan davrda aksincha qimmatlashdi.
Galaxy S26 100 yevroga qimmatlashdi
Galaxy S26’ning 256 Gb xotirali versiyasi 1 000 yevrodan 1 100 yevroga qimmatlashdi. 512 Gb xotirali variant narxi esa 1 200 yevrodan 1 300 yevroga oshdi.
Galaxy S26+ narxi ham oshdi
Galaxy S26+’ning 256 Gb xotirali versiyasi endi 1 350 yevro turadi. 512 Gb xotirali variant narxi esa 1 550 yevroga yetdi. Har ikki holatda ham narx 100 yevroga oshgan.
Galaxy S26 Ultra eng ko‘p qimmatlashdi
Eng katta o‘sish Galaxy S26 Ultra modelida qayd etildi. 1 Tb xotirali versiya narxi 1 920 yevrodan 2 150 yevroga ko‘tarildi. Bu 230 yevrolik o‘sish degani.
Galaxy S25 bilan farq kattalashdi
Yangi narxlardan keyin Galaxy S26 turkumi o‘tgan yilgi Galaxy S25 seriyasidan sezilarli qimmatroq bo‘lib qoldi.
Galaxy S25 256 Gb sotuvga chiqqan paytda 960 yevro, Galaxy S25+ 1 170 yevro, Galaxy S25 Ultra esa 1 470 yevrodan taklif qilingan edi.
Galaxy S26 FE narxi o‘zgarmadi
Narx oshishi Galaxy S26 FE modeliga taalluqli bo‘lmadi. Samsung hozircha Yevropadagi narxlar nima sababdan oshirilganiga rasmiy izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A18 smartfoni haqida yozgan edi.