
Vivo Xitoyda yangi Vivo Y600s Pro smartfonini taqdim etdi. Qurilmaning asosiy xususiyati 10 200 mA/soat sig‘imli batareya bo‘ldi, deya xabar bermoqda Gizmochina.
Smartfon 90 Vt simli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, boshqa qurilmalarni quvvatlash uchun teskari quvvatlash funksiyasi ham mavjud.
120 Hz AMOLED ekran
Vivo Y600s Pro 6,83 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Ekran 2800×1260 piksel aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Barmoq izi skaneri displey ostiga joylashtirilgan.

Dimensity 7300e protsessori
Smartfon MediaTek Dimensity 7300e platformasida ishlaydi. Qurilmada Android 16 asosidagi OriginOS 6 operatsion tizimi o‘rnatilgan. Shuningdek, model NFC, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.4 va infraqizil uzatgichni qo‘llab-quvvatlaydi.
50 Mp asosiy kamera

Vivo Y600s Pro’ning asosiy kamerasi 50 Mp sensor va f/1.8 diafragmaga ega. Old kamera esa 32 Mp aniqlikda suratga oladi.
Narxi $400 dan boshlanadi
Smartfonning 8/256 GB versiyasi $400 ga baholangan. 512 GB ichki xotirali variant esa $445 turadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vivo X Fold 6 batareyasi raqiblaridan ortda qolgani haqida yozgan edi.