MrBeast Toshkentda muxlislariga pul tarqatdi — video

9-oktabr 2026 17:56 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
MrBeast Toshkentda muxlislariga pul tarqatdi — video
Foto: Instagram

Toshkentda amerikalik mashhur bloger Jimmi Donaldson, ya’ni MrBeast ishtirokidagi tadbir boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda u uch nafar muxlisiga 100 mln so‘mdan pul mukofoti topshirgani aks etgan.

Tarqalgan videolarga ko‘ra, MrBeast Toshkentdagi muxlislar bilan uchrashuv doirasida o‘tkazilgan o‘yinlarda uch nafar ishtirokchini pul mukofoti bilan taqdirlagan.

Foto: Telegram

MrBeast Toshkentdan videolar joyladi

Blogerning o‘zi ham rasmiy Instagram sahifasida Toshkent ko‘chalari va muxlislar bilan uchrashuvdan lavhalar joyladi.

Videolarda uning poytaxt bo‘ylab harakatlangani, odamlar bilan uchrashgani va muxlislar bilan muloqot qilgani ko‘rinadi.

Shuningdek, tadbirda qatnashgan muxlislar ham ijtimoiy tarmoqlarda MrBeast bilan bog‘liq videolarni faol ulashmoqda.

Bloger Toshkentga 9-oktabr kuni kelgan

Avvalroq MrBeast Toshkentga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi. U poytaxtda muxlislar bilan maxsus uchrashuv va turli o‘yinlarda ishtirok etmoqda.

Shuningdek