Yangi Lada Niva Bronto ishlab chiqarila boshlandi

15-oktabr 2026 14:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi Lada Niva Bronto ishlab chiqarila boshlandi
Foto: Lada

AvtoVAZ modernizatsiya qilingan Lada Niva Bronto ishlab chiqarishni boshladi. Model klassik Niva’ning yo‘ltanlamas xususiyatlari kuchaytirilgan versiyasi bo‘lib, texnik va xavfsizlik jihatidan bir qator yangilanishlarni oldi.

Yangi 1,8 litrli dvigatel o‘rnatildi

Yangilangan Niva Bronto avvalgi 1,7 litrli agregat o‘rniga 1,8 litrli, 90 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlandi.

Shuningdek, transmissiya va tormoz tizimi qayta ishlangan. Kuzov panellarining bir qismi ruxlangan, jihozlar ro‘yxatiga esa haydovchi xavfsizlik yostiqchasi qo‘shilgan.

Foto: Lada

Yo‘ltanlamas xususiyatlari saqlab qolindi

Tashqi ko‘rinishda yangilangan Niva Bronto’ni original radiator panjarasi orqali ajratish mumkin.

Model 235/75 R15 o‘lchamdagi shinalar, kuchaytirilgan old osma va orqa ko‘prik bilan jihozlanadi. Asosiy uzatma nisbati ham o‘zgartirilgan.

Bundan tashqari, old va orqa o‘qlarda o‘z-o‘zini bloklovchi differensiallar saqlab qolingan.

Sotuvlar tez orada boshlanadi

AvtoVAZ yangilangan Lada Niva Bronto’ni yaqin vaqt ichida sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Modelning narxi hozircha e’lon qilinmagan.

Avvalroq «Kursiv» Lada Azimut kuzovi kislotali yomg‘irda sinalgani haqida yozgan edi.

Shuningdek