GWM Tank 700 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

16-oktabr 2026 11:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
GWM Tank 700 avtomobili qanday imkoniyatlarda chiqadi
Foto: CarNewsChina

Great Wall Motor (GWM) uzun bazali GWM Tank 700 avtomobilini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Xitoyda olingan yangi josuslik suratlari modelning olti o‘rindiqli salonini ko‘rsatdi, sanoat regulyatori hujjatlari esa avtomobil o‘lchamlari va kuch qurilmalari haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi. Yangi versiya standart besh o‘rindiqli Tank 700 Hi4-T’dan 340 mm uzunroq bo‘lib, uchinchi qator o‘rindiqlarga ega.

Uzunligi 5,4 metrdan oshadi

MIIT ma’lumotlariga ko‘ra, uzun bazali Tank 700’ning uzunligi 5 445 mm, kengligi 2 126 mm va balandligi 2 021 mmni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 3 150 mm ga yetkazilgan. Standart modelda bu ko‘rsatkich 3 000 mm.

Umumiy 340 mm qo‘shimcha uzunlikning 150 mm qismi g‘ildirak bazasiga, qolgan 190 mm esa orqa qismga to‘g‘ri keladi.

Foto: CarNewsChina

Salon 2+2+2 sxemasida

Josuslik suratlarida salon 2+2+2 joylashuvda ekani ko‘rinadi.

Ikkinchi qatorda alohida «kapitan» o‘rindiqlari o‘rnatilgan, ular orasida uchinchi qatorga o‘tish uchun yo‘lak qoldirilgan.

Orqa qator o‘rindiqlari yukxona hajmini oshirish uchun oldinga buklanadi.

Old panelda 12,3 dyuymli raqamli asboblar paneli va 15,6 dyuymli markaziy sensorli ekran saqlab qolingan.

Vazni 3,4 tonnagacha yetadi

Yangi versiyaning jihozlangan vazni 3 396 – 3 480 kg oralig‘ida. Bu standart Tank 700’ning maksimal 3 190 kg vaznidan 290 kg ko‘proq.

Avtomobil tormozli tirkamada 2 500 kg, tormozsiz tirkamada esa 750 kg gacha yuk tortishi mumkin.

2,0 litrli Hi4-Z versiya bo‘ladi

Birinchi kuch qurilmasi 2,0 litrli E20NB turbomotor asosida ishlaydi. Dvigatelning maksimal quvvati 185 kW, sof quvvati esa 180 kW etib ko‘rsatilgan.

U 59,05 kVt·soat sig‘imli uch komponentli litiy batareya bilan ishlaydi. Batareyani SVOLT yetkazib beradi. WLTC sikli bo‘yicha faqat elektrda yurish masofasi 190 km ni tashkil etadi.

Hi4-Z tizimida orqa o‘q alohida elektr yuritmasi orqali harakatlanadi va old hamda orqa o‘qlar orasida uzun kardan vali yo‘q.

V6 versiya ham tayyorlanmoqda

Ikkinchi variant 3,0 litrli ikki turbinali V6 E30Z dvigateli bilan jihozlanadi. Uning maksimal quvvati 265 kW, sof quvvati esa 260 kW.

Bu versiya to‘qqiz pog‘onali gidravlik avtomatik uzatmalar qutisi, elektromotor va mexanik to‘liq uzatma tizimi bilan ishlaydi. Mazkur variantning batareya sig‘imi va elektr rejimidagi yurish masofasi hozircha ma’lum emas.

GF nomi bilan chiqishi mumkin

V6 versiyada GF belgisi qo‘llanadi. Tank brendi rahbari Gu Yukun avvalroq GF «Great Faith» nomini anglatishini va 3,0 litrli V6 kuch qurilmalari asosidagi yuqori unumdorlikka yo‘naltirilgan seriya bo‘lishini aytgandi.

Tank 700 GF ushbu liniyaning birinchi seriyali modeli bo‘lishi va 2026-yil oxirida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» Tesla Roadster raketa tezlatkichlari bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek