«Ipsvich»ga qarshi Husanov qanday baholandi

18-oktabr 2026 11:28 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: Instagram / Abduqodir Husanov

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer-ligasi doirasida «Ipsvich»ga qarshi kechgn uchrashuvidagi harakatlari uchun 6,4 ballga loyiq ko‘rildi.

Futbolchilarning o‘yindagi ko‘rsatkichlari

Uchrashuvning 77-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Husanov hakamning final hushtagiga qadar to‘p surdi. «Shaharliklar» safida darvozabon Janluiji Donnarumma va himoyachi Niko Orayli ham xuddi shunday — 6,4 ball bilan baholandi.

Ekran surati / Flashscore

Mezbonlar tarkibidagi eng past ko‘rsatkich Husanov bilan bir vaqtda maydonga tushgan Antuan Semenyoga tegishli bo‘ldi (6,3 ball). Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb dubl qayd etgan va 9,3 ball to‘plagan Erling Holand topildi, Mateo Kovachich hamda Fil Foden esa 8,4 balldan jamg‘ardi.

Uchrashuv natijasi va turnir jadvalidagi holat

Bahs «Manchester Siti»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida gollarga Fil Foden (19-daqiqa) va Erling Holand (34 va 69-daqiqalar), mehmonlardan esa Daydzen Maeda (21-daqiqa) hamda 90-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan Zian Flemming mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» 21 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda, 9 ochkoga ega «Ipsvich» esa 10-o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq Kursiv nashri Abduqodir Husanov MDHning APLdagi eng qimmat futbolchisiga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek