
Sobiq oğir vazn toifasida jahon çempioni Tayson Fyuri Londonda britaniyalik Solomon Dakresni mağlub etgan ikki karra Olimpiada çempioni Bahodir Jalolovning jangi haqida fikr bildirdi. Jalolov hakamlarning yakdil qarori bilan ğalaba qozondi.
Fyuri Jalolovning imkoniyatlarini yuqori baholab, kelgusi janglarda undan yanada yorqinroq boks kutayotganini ta’kidladi.
«Solomon Dakresga qarşi yomon bölmagan 10 raundlik jang böldi. Ikki karra Olimpiada çempioni, hisobida 14 yoki 15 ta muddatidan oldingi ğalaba va birorta mağlubiyat bölmagan boksyordan köproq narsa kutamanmi? Ha, kutaman. Unda iste’dod bormi? Şubhasiz», – dedi Fyuri.
Uning fikriça, Jalolov keyingi janglarda öz imkoniyatlarini yaxşiroq namoyon qilişi mumkin.
«Keyingi safar u yanada tomošaboproq boks körsata oladimi? İsonçim komilki, ha. Biz uning yanada jiddiy sinovlardan qanday ötişini körişni istardik», – dedi sobiq jahon çempioni.
Dakresga ham baho berdi
Fyuri Solomon Dakres uzoq vaqt ringga çiqmaganini va jarohat bilan boğliq muammolarga duç kelganini ham qayd etdi.
«U uzoq vaqt ringga çiqmadi. Jarohat olganini bilaman. Şuning uçun unga munosib baho beriş kerak — u yana yuqori darajaga qaytdi», – dedi Fyuri.
Jalolov hakamlar qarori bilan ğalaba qozondi
Bahodir Jalolov Solomon Dakresga qarşi 10 raundlik jangda hakamlarning yakdil qarori bilan ğalaba qozondi.
Hakamlar jangni 99:91, 99:90 va 99:90 hisoblarida Jalolov foydasiga baholadi. Beşinçi raundda Dakres nokdaunga tuşdi.
Uşbu ğalabadan söng Jalolovning professional boksdagi natijasi 18 ta ğalaba va 15 ta nokautga yetdi. U hozirgaça professional ringda mağlubiyatga uçramagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.