Qöğirçoqlar bilan 40 yil: Mansur bobo nimani orzu qiladi

24-oktabr 2026 14:44 eʼlon qilindi

Vadim Yerzikov

Vadim Yerzikov

Bosh muharrir o‘rinbosari v.erzikov@kursiv.media
«Oydin gurunglar» festivali. Suratda Mansurbek Kuryazov. Foto: Vadim Yerzikov

Mansur bobo nomi bilan taniqli qöğirçoq teatri ustasi Mansurbek Kuryazov 40 yildan ortiq vaqtdan buyon şu san’at turi bilan şuğullanib kelmoqda. Şu davr içida u 100 dan ortiq spektaklni sahnalaştirdi, 40 dan ziyod mamlakatda böldi va xorijlik tomoşabinlarni özbek xalq qahramonlari bilan taniştirdi. Xivada ötkazilayotgan «Oydin gurunglar – 2026» xalqaro ijodiy forumida «Jayhun» xalq qöğirçoq teatri rahbari Kursiv Uzbekistan’ga öz ustozlari, işidagi qiyinçiliklar, bolalar tarbiyasi va an’anaviy özbek qöğirçoq teatrini qayta tiklaş orzusi haqida sözlab berdi.

40 yildan ortiq vaqtdan beri qöğirçoqlar bilan işlayman

— Özingiz haqingizda biroz gapirib bersangiz. Odatda özingizni tomoşabinlarga qanday taniştirasiz?

— Odatda özimni ertakçi, qöğirçoq ustasi Mansur bobo deb taniştiraman.

Men «Jayhun» xalq qöğirçoq teatri rahbariman. Qirq yildan ortiq vaqtdan beri qöğirçoqlar bilan şuğullanaman. Ularni özim yasayman, aktyor, rejissyor va teatr rahbari sifatida faoliyat yuritaman. Şu yillar davomida 40 dan ortiq mamlakatlarda böldim.

— Nega teatringiz aynan «Jayhun» deb nomlangan?

— Taxminan qirq yil avval teatrga qanday nom qöysam ekan, deb öylab qoldim. Nom bir vaqtning özida jozibali, öziga tortadigan bölişini istardim.

Birdan Amudaryoning qadimda Oks, Okyuz, Jayhun deb atalganini esladim. Jayhun – ajdarho degani. Oks, Okyuz esa şoxli, jilovlab bölmaydigan qoramol ma’nosini anglatadi.

Menga aynan «Jayhun», ya’ni ajdarho nomi yoqdi. Haqiqatan ham, köpinça «Teatringiz nomi nimani anglatadi?» deb söraşadi. Men esa tuşuntirib beraman. Odamlarning bunga qiziqişi özimga ham yoqadi.

Xudoga şukur, şu qirq yil içida yuzdan ortiq turli qöğirçoq spektakllari sahnalaştirildi. Özım ham asarlar yozaman. Menda teatr san’ati böyiça ikkita oliy ma’lumot bor – aktyorlik va rejissyorlik yönalişlarida tahsil olganman. Bu ança oldin, Toşkent teatr va rassomlik san’ati institutida öqigan paytlarim edi.

Ustozlarimiz öz işining haqiqiy ustalari edi. Ruxsat bersangiz, Mark Aronoviç Rubinşteyn, Arsen Ismoilov, Ergaş Masafayevni eslab ötmoqçiman. Bugun nimalarga qodir bölsam, bularning barçasini menga aynan ular örgatişgan.

«Oydin gurunglar» festivali. Suratda Mansurbek Kuryazov. Foto: Vadim Yerzikov

— Bugun ham tomoşabinlar oldida çiqiş qildingiz. Bu oldindan rejalaştirilganmidi?

— Yöq, bu mutlaqo kutilmaganda böldi!

E’tibor bergan bölsangiz, bundan 10 – 15 daqiqa avval festivalning oçiliş marosimi boşlanişi kerak edi. Lekin menga: «Yarim soatga keçikyapmiz. Tomoşabinlarni biror narsa bilan band qilib turing», deyişdi.

Men darhol Malikaхon ismli marionetka qöğirçoğimi oldim, doiraçini taklif qildim va çiqişni boşladik. Oradan ön daqiça ötar-ötmas bir kişi yana yonimga kelib: «Mansur aka, oçiliş soat oltida bölar ekan», dedi.

Men hammaga minnatdorlik bildirib, oçiliş marosimi yana 30 – 40 daqiqadan keyin boşlanişini aytdim. Bilasizmi, tomoşabinlarning kulgani, qarsak çalgani menga katta zavq bağişladi. Ular men bilan bölgan bu uçraşuvdan mamnun qolganidan juda xursand böldim.

(Oçiliş marosimini quyоş botişida teatrlashtirilgan tomoşa bilan boşlaş rejalaştirilgani sababli taşkilotçilar quyоş botişini kutib, tadbir boşlaniş vaqtini keyinga surgan. – Tahririyat izohi.)

«Oydin gurunglar» festivali. Suratda Mansurbek Kuryazov. Foto: Vadim Yerzikov.

Menga «Bu qöğirçoq teatri senga nima kerak?» deyişgan

— Siz 1980-yillardan buyon teatr bilan şuğullanib kelasiz. Öşa paytlarda Özbekistonda xalq qöğirçoq teatrini taşkil etiş qiyin bölganmi?

— Bu oson savol emas. Juda köp xotiralarni yodga olişga töğri keladi. Ular orasida yaxşilari ham, yoqimsiz voqealar ham bor.

Bir paytlar bu qöğirçoq teatri heç kimga kerak bölmagan. «Nima qilasan bu teatrni? Ikkita oliy ma’lumoting bor, boşqa iş bilan şuğullansang bölmaydimi?» degan gaplarni ham eşitganman.

Men institutni qizil diplom bilan tamomlaganman. Öşa davrda özbek talabaning rejissyorlik yönalişini qizil diplom bilan tugatişi kamdan-kam uçraydigan holat edi.

Esimda, institutimizda Stanislavskiy tizimiga bağişlangan xalqaro simpozium ötkazilgan edi. Bizning kurs talabalarimiz kiçik sahna körinişlarini namoyiş etişgan. Nimagadir aynan mening aktyorlik ijromga e’tibor qaratildi. Şundan söng menga Abror Hidoyatov nomidagi maxsus stipendiyani berişni boşlaşdi.

Qöğirçoq teatri bolalarga ham, kattalarga ham kerak

— Spektakllaringiz köproq qaysi tomoşabinlarga möljallangan?

— Odatda bolalarni ota-onalari bilan birga taklif qilaman.

Markaziy televideniyega rahmat, Xudo ulardan rozi bölsin, ular mening ellikka yaqin televizion çiqişimni taşkil etişga yordam berişgan.

Men har doim çiqişimni şunday boşlardim: «Assalomu alaykum, aziz bolajonlarim, oğil-qizlarim, şuningdek, ularning ota-onalari, buvi va buvajonlari!»

— Qaysi spektakllaringiz eng köp ommalaşgan?

— Xöja Nasriddin haqidagi spektaklim. Uni Özbekistonning deyarli barça viloyatlarida, jumladan, Toşkentda, xorijda esa Turkiyada ham namoyiş etganman.

Bilasizmi, bir orzum bor. Xöja Nasriddin – xalq qahramoni. U haqidagi latifalarni aytib beriş an’anasi YUNESKOning nomoddiy madaniy meros röyxatiga kiritilgan.

Men turkiyalik döstlarimga murojaat qilganman. Imkon bölsa, Xöja Nasriddin festivalini taşkil etişga yoki u haqidagi spektaklimni namoyiş qilişga yordam berişlarini söraganman.

Xöja Nasriddin – yomonlarni jazolaydigan, yaxşilarga yordam beradigan xalq qahramoni. Uni hamma tuşunadi. Buni mening orzum desa ham böladi. Hali köramiz, nima bölar ekan.

Eng qiyini — ta’lim muassasalari rahbarlari bilan gaplaşiş

— İşingizdagi eng katta qiyinçilik nima?

— Men uçun eng qiyini, boşqa teatr rahbarlarida qandayligini bilmadim-u, ta’lim muassasalari rahbarlari bilan gaplaşiş.

Men spektakllarni bir vaqtning özida uç tilda – özbek, rus va qisman ingliz tillarida taklif qilaman. Xalq qahramonlari iştirokidagi tomоşalarni taklif etaman. Ularda motorika, didaktika, hatto eng kiçik yoşdagi bolalar uçun logopedik maşğulotlar ham bor.

Ammo maktab direktorlari yoki boğça mudirlari bunga qanday munosabat bildiradi? Eng qiyin masala mana şu.

Sahnaga çiqiş har safar meni hayajonga soladi, lekin bu muammo emas.

— Demak, maktab va boğça rahbarlariga bunday spektakllar bolalar uçun nega muhimligini tuşuntiriş qiyinroqmi?

— Ham tuşuntiriş, ham spektaklni maktab zallari yoki maktabgaça ta’lim taşkilotlari hovlisida namoyiş etiş uçun şaroit yaratib berişlariga erişiş qiyin. Mana şunisi murakkab.

Lekin menimça, biz kattalar, barçamiz farzandlarimiz va nevaralarimiz uçun ham maroqli, ham foydali bölgan işlarni qilişimiz kerak.

Bolalar spektakldan, mening çiqişlarimdan ijodiy zavq va ilhom olişlarini istayman.

— Spektakllaringiz orqali bolalarni, eng avvalo, nimaga undamoqçisiz?

— Ba’zida odobli bölişga, ba’zida bilim olişga. Spektakllarim turliça. Hatto Puşkin asari asosida sahnalaştirilgan spektaklim ham bor.

Eng muhimi, bilasizmi, bizning davrimizda na telefon, na kompyuter bor edi. Barça ma’lumotlarni kitoblardan, ota-onalarimizdan, buvi-bobolarimizdan, öqituvçilarimizdan olardik.

Hozir esa globallaşuv davri. Bolalarga hayot, kelajak haqida şunçalik köp salbiy axborot yetkazilyapti. Men öz spektakllarim orqali ularga nima muhimroq ekanini mustaqil anglaşga yordam bermoqçiman: Alişer Navoiy, Al-Xorazmiy, Beruniy haqida bilişmi yoki telefonni qölga olib, Google orqali qandaydir zararli saytlarga kiriş, öşa yerdan axborot oliş yoxud qimor öyinlariga örganişmi? Bular bolalarga nima uçun kerak?

Men bolalar zaminimizda qanday buyuk olimlar yaşaganini nafaqat bilişlarini, balki qalban his qilişlarini ham istayman. Masalan, Al-Xorazmiyni olaylik. Axir, u xorazmlik-ku!

Milliy qöğirçoq teatrini qayta tiklaş

— Qirq yildan ortiq vaqtdan beri qöğirçoq teatri bilan şuğullanasiz. Hali amalga oşmagan qanday orzularingiz bor?

— Men qadimiy an’anaviy qöğirçoq teatrini – «Çodir jamol», «Çodir xayol» va «Fonus xayol»ni qayta tiklamoqçiman.

Viloyatlarimizdagi qöğirçoq teatrlarining deyarli barçasi zamonaviy Rossiya va xorij teatrlari tajribasi asosida taşkil etilgan. Men esa aynan milliy, aynan an’anaviy qöğirçoq teatrini yaratmoqçiman. Bu mening orzum.

Barça spektakllarim «Çodir jamol» qöğirçoq teatri yönalişiga asoslangan. Unda korfarmon, ya’ni butun tomоşani, sozandalar va qöğirçoqlarni boşqaradigan kişi iştirok etadi. Parda ortida qöğirçoqlar harakatlanadi, yonida esa sozandalar böladi. «Çodir jamol» – qölga kiyib öynatiladigan qöğirçoqlar teatri.

Mana, hozir qölimda «Çodir xayol» teatrining vakili ham bor. Bu iplar yordamida boşqariladigan marionetka qöğirçoq.

Yana «Fonus xayol» bor. Bu soyalar teatri.

Bundan ön kun oldin Anqarada böldim. U yerda Şafak bey bilan uçraşdim.

Biz, asosan, an’anaviy qöğirçoq teatrlari haqida suhbatlaşdik. Ularning «Karagöz va Hojivat» teatri bizning «Fonus xayol», ya’ni soyalar teatrimizga juda öxşaşligini aytdi. Hatto uni bizdagi teatrning prototipi deb atadi.

Uning özi ham talabalarga ma’ruzalar öqiydi, qöğirçoqlarni namoyiş etadi. Menga bir neçta qöğirçoq sovğa qildi. Biz özaro sahna anjomlarini almaşdik.

Xudo xohlasa, uni öz festivalimga taklif qilaman. Umid qilamanki, kelasi yili Madaniyat vazirligi bizning taklifimizni eşitadi va şu ğoyani – an’anaviy milliy qöğirçoq teatri festivalini taşkil etişni amalga oşirişga yordam beradi.

Yana oxirida bir narsani aytmoqçiman. Men ba’zan maqtanib ham yuboraman, ozgina bölsayam gapni oşirib yuborişim mumkin. Lekin bu bori-yöği beş yoki ön foiz! Aytganlarimning töqson foizi esa sof haqiqat!

Shuningdek